Surxondaryo viloyati hokimligi
24K subscribers
35.8K photos
3.52K videos
1 file
14.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, Surxondaryo viloyatida investitsiyalarni jalb qilish, eksport hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish va tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Isroil Adhamov rahbarligida shahar va tuman hokimlari, iqtisodiy kompleks tashkilotlari mutasaddilari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda investitsiya va eksport sohasidagi mavjud ko‘rsatkichlar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Viloyatning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalangan holda xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish, eksport hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, qulay iqtisodiy muhit yaratish chora-tadbirlari belgilandi.

Shuningdek, tadbirkorlar bilan muloqotda loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalari, yangi tashabbus va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mutasaddilarga vazifalar topshirildi.

Yig‘ilish davomida iqtisodiy kompleks tashkilotlari mas’ul rahbarlari hamda shahar va tumanlar hokimlarining hisobotlari tinglanib, belgilangan rejalarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi. Ushbu chora-tadbirlar viloyat iqtisodiyotining yanada rivojlanishi, aholi farovonligining oshishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Termiz davlat universitetida Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha doktorlik ilmiy darajasini beruvchi Kengashning ilk majlisi va dissertatsiya himoyasi o‘tkazildi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘onga tashrif: Xotin-qizlar bandligi, aholi turmush farovonligi va yangi loyihalar bilan tanishuv hamda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrining Turon va Baynalminal mahallalarida bo‘lib, hududdagi infratuzilma holati va kommunal xizmatlar sifati bilan tanishdi.

Tashrif davomida yo‘l qoplamasining holati, obodonlashtirish ishlarining sifat darajasi hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahallalardagi har bir ko‘chani obodonlashtirish, yo‘llarni ta’mirlash va aholi uchun qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli vazifalar topshirildi.

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolarning turmush darajasini oshirish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bugun Surxondaryo viloyati prokuraturasida O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Isroil Adhamov hamda viloyat prokurori Baxtiyor Babadjanov, shuningdek, prokuratura sohasi faxriylari va xodimlari ishtirok etdi.

Viloyatimiz rahbari prokuratura organlari xodimlarini kasb bayrami bilan qutlar ekan, Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan izchil islohotlar, yangilanish va o‘zgarishlar zamirida qonun ustuvorligini ta’minlash, insonlarning huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishdek dolzarb vazifa mujassamligini ta’kidladi. Bu yo‘lda soha xodimlarining professional kasbiy faoliyati hamda yurtga sadoqat kabi insoniy fazilatlari hal qiluvchi o‘rinda turishi qayd etildi.

Tadbirda sohaning bir guruh fidoiy xodimlari viloyat hokimligining faxriy yorliq va sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Bosh prokuror o‘rinbosari Isroil Adhamov Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovga birinchi darajali "A’lo xizmatlari uchun" ko‘krak nishonini tantanali topshirdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X