Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
33K photos
3.29K videos
1 file
14.2K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrif buyurib, bozorlar va savdo komplekslari hamda saylgoh qurilishi, yangi tashkil etilgan atirgulchilik kooperatsiyasi faoliyati, mikro GES va ko‘prik qurish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, Denov tumani tibbiyot birlashmasi shifoxonasida yaratilgan sharoitlar va yangidan keltirilgan zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlar yordamida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati bilan tanishilib, birlashma hududida DXSH asosida barpo etilayotgan diagnostika markazi qurilishi ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2315

#Surxondaryo #savdokompleks #loyihalar #taqdimot #kooperatsiya #mikroGES #tibbiyot

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xalq qabulxonalari orqali viloyat rahbarining qabulini so‘ragan hamda turli masalalarda murojaat qilgan 239 nafar fuqaroning muammolarini tinglash maqsadida navbatdagi ommaviy onlayn qabulini o‘tkazdi.

Denov tumani hokimligida tashkil etilgan onlayn qabulda Termiz shahri va tumanlar studiyalari orqali fuqarolarning davolanish, uy-joy olish, qurish yoki ta’mirlash uchun subsidiya ajratish, yo‘llarni ta’mirlash, ishga joylashish, o‘zini o‘zi band qilish uchun jihoz ajratish, elektr energiya va ichimlik suvi ta’minoti, kadastr, tibbiyot va ta’lim tizimidagi muammolar hamda boshqa masalalardagi 279 ta murojaati mas’ullar ishtirokida tinglandi.

Murojaatlar ijrosi muddat belgilanib, mas'ullarga hal etish topshirig'i bilan yo‘naltirildi. Shuningdek, ishga joylashish masalasida murojaat qilgan 60 nafar fuqaro sektor rahbarlariga shaxsan biriktirilib, masalani hal etish vazifasi yuklandi.

Eslatib o‘tamiz, vohadoshlarimiz quyidagi havolalar orqali bevosita viloyat hokimiga murojaat yo‘llashlari mumkin:

Telegram guruh:
https://t.iss.one/qosimovgamurojaat

Telegram bot: @surxondaryouz_bot

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Boysun tumani aholisi diqqatiga!

📆 Bugun, 19-yanvar kuni soat 19:30dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Boysun tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67

📲 Telegram:
(99) 482-00-77

📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bugun Termiz shahridagi “Alpomish” kurash majmuasida Karate WKF sport turi bo‘yicha bolalar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rektori kubogi uchun ochiq turnir o‘tkazildi. Musobaqa Karate WKF assotsiatsiyasi viloyat bo'limi, Sport boshqarmasi va "Respect" sport klubi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ikki kun davomida o‘tkazilgan turnirda vohamiz hududlaridan tashrif buyurgan 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 600 nafardan ortiq bolalar va o'smirlar ishtirok etishdi. Murosasiz bahslardan so‘ng, 8-9, 13-14 hamda 16-17 yosh toifalarida g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilarning diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. 

Bu kabi turnirlar yoshlar o‘rtasida sport turlari bilan shug‘ullanishni ommaviylashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.


Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X