Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Bandixon tumani aholisi diqqatiga!

📆 Bugun, 9-mart kuni soat 20:30 dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Bandixon tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67

📲 Telegram:
(99) 482-00-77

📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
🌱 16-18-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan, "Navro‘z" umumxalq bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish maqsadida joriy yil 16-18-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

🔘 "Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ushbu xayrli tashabbus doirasida:

mahallalar;
aholi yashash xonadonlari;
ko‘p qavatli uy atroflari;
guzar va xiyobonlar;
ziyoratgoh va qabristonlar;
ko‘cha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.

🌳 Shuningdek, xayriya hasharida "Mahallamga 10 tup daraxt - mening tuhfam" shiori ostida barcha turar joy mavzelari va mahallalarda iqlim sharoitiga mos hamda sug‘orish tizimini hisobga olgan holda daraxt ko‘chatlari ekiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif dasturiga ko‘ra mahalla “yettiligi”, korxonalar faoliyati, yangi loyihalar taqdimoti, qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Xususan, ikkita mahalla “yettiligi”, tikuvchilik korxonasi, xususiy klinika hamda eshik va romlar ishlab chiqaruvchi “Imzo” franshiza fabrikasi faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, Sariosiyo aeroportida fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, avtoshohbekat qurish loyihasi taqdimot qilindi.

Tashrif yakunida “Yangi O‘zbekiston” massivida ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish ishlari ko‘zdan kechirilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1921

#Surxondaryo #mahallayettiligi #klinika #aeroport #Imzo #qurilish #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sariosiyo tumani markazi va “Yangi O‘zbekiston” massivida ichimlik va oqova suvi tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni vaqtda tuman markazidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida qurilish ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli avtotransportlar harakatlanishida turli qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.

Bugungi kunda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimi Abduqodir Donayev hamda tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi bo‘lim boshlig‘i Mirsharaf Murodovlar izoh berishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Qishloq xo‘jaligi ekinlari, xususan chigit ekish tadbirlari oldidan soha faxriylari va faollari hamda nuroniylarning maslahat va tavsiyalarini olish maqsadida Termiz tumanidagi “Al-Hakim At-Termiziy” majmuasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat va tumanlar sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, qishloq xo‘jaligi sohasi faxriylari va fidoyilari hamda diniy soha vakillari, nuroniylar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida viloyat rahbari barchani kirib kelayotgan muborak Ramazon oyi bilan qutlab, o‘tgan yili yaratilgan “Surxondaryo tajribasi”ni joriy yilda ham davom ettirish, hududlar rahbarlariga diniy soha vakillari, joylardagi imomlar bilan ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olib, moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatish vazifasini topshirdi.

Shuningdek, chigit ekish mavsumi oldidan ehson uchun jonliq so‘yildi. Yurt tinchligi va farovonligini, yaxshi niyatlar bilan yerga qadalayotgan urug‘lar hosilining mo‘l-ko‘lchiligini so‘rab duoga qo‘l ochildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1922

#Surxondaryo #Ramazonoyi #chigitekishmavsumi #ehsontadbirlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter