Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Delegatsiyamizning Novosibirskdagi keyingi manzili «Sibiar» AJ maishiy kimyo ishlab chiqarish zavodi bo‘ldi. 1974 yilda tashkil etilgan mazkur zavodda soch turmagi uchun mahsulotlar, antistatik vositalar, havo spreyi, maishiy laklar va turli sirtlarni tozalash, hasharotlarga qarshi va avtomobillarni parvarish qilish vositalari kabi 400 nomdagi aerozol mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Viloyatimiz delegatsiyasi ishlab chiqarish jarayonlaridan tortib, mahsulotlarni qadoqlash, logistika markazlariga yuborish hamda savdoga chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi.

Zavod bilan kelgusida mahsulotlar ishlab chiqarish, yetkazib berish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

#Surxondaro #Novosibirsk #Sibiar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo delegatsiyasi eng yirik elektr mashinasozlik korxonalaridan bo‘lgan Novosibirskdagi “ELSIB” zavodiga tashrif buyurdi. Zavodda issiqlik elektr stansiyalari, gidroelektrostansiyalar, atom elektr stansiyalari uchun asbob-uskunalar, jihozlar, generatorlar, elektr motorlar ishlab chiqariladi.

Kompaniya, shuningdek, kapital ta’mirlash va sotishdan keyingi xizmatlarni ham ko‘rsatadi.

Delegatsiyamiz a’zolari kompaniyada ishlab chiqarish jarayonlari va tayyor mahsulotlar turlari bilan tanishishdi. Shuningdek, yirik sanoat va gidrologiya loyihalari uchun jihozlar yetkazib berish masalasini ham muhokama qildi.

#Surxondaro #Novosibirsk #ELSIB

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
🛡#cybermonth

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish - davr talabi
〰️〰️〰️

"Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida viloyatimiz shahar va tumanlarida mehnat jamoalari, jamoat joylari, savdo nuqtalari, tashkilot, idora va muassasalarda kiber jinoyatlarning oldini olish, firibgarlarga aldanmaslik, bu kabi holatlar sodir bo‘lganda ko‘riladigan chora-tadbirlar yuzasidan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Navbatdagi tadbirlar, Angor, Uzun va Termiz tumanlarida o‘tkazildi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: Surxondaryo Novosibirsk bilan har tomonlama va ko‘p qirrali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor!

Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk viloyatiga tashrifining birinchi kunida o‘tkazilgan tadbirlar, uchrashuvlar va tanishuvlar jarayonlaridan lavha.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
#CybermonthSurkhandarya

🎼 Vohadoshlarimiz va viloyatimiz mehmonlarini galakonsert tomoshalariga taklif etamiz

Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlari doirasida bugun, 18-iyul kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Termiz shahar hokimligi hamda boshqa aloqadar tashkilotlar hamkorligida “San’at saroyi” majmuasida galakonsert dasturi namoyish etiladi.

🎤 Konsert dasturida vohamizning estrada yulduzlari, so‘z ustalari hamda taniqli blogerlar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishadi.

📍 Galakonsert vaqti va manzili: bugun, 18-iyul soat 19:00 da Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasi old maydoni.

❗️Konsert dasturlariga kirish mutlaqo bepul.

Barcha vohadoshlarimiz va viloyatimiz mehmonlarini ushbu gala konsert dasturlariga taklif etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasiga tashrifini Novosibirsk viloyatida davom ettirayotgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov hamrohligida «Sibirskoe steklo» (Sibir shishasi) kompaniyasi faoliyati hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

«EKRAN» sanoat parkining rezidenti bo‘lgan «Sibirskoe steklo» MChJ shaffof va rangli konteyner shisha ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, ta’minot geografiyasi Rossiyaning Uraldan uzoq sharqgacha bo‘lgan hududlari hamda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Mo‘g‘uliston davlatlari hisoblanadi. Zavodda iste’molchilarning xavfsizlik va sog‘liqni saqlash talablariga javob beradigan 120 turdagi shisha mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Muhandislar viloyatimiz rahbariga ishlab chiqarish jarayonlari va bosqichlari, zavod quvvati, unda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari haqida axborot berishdi. Shuningdek, «EKRAN» sanoat parki va «Sibirskoe steklo» kompaniyasi bilan kelgusida hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish masalasi ham muhokama qilindi.

#Surxondaro #Novosibirsk #Sibirskoesteklo

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X