Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.8K photos
3.27K videos
1 file
14.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida bo‘lib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, Denov pedagogika kolleji, mahalla “yettiligi”, poliklinika, bog‘cha va Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining yangi o‘quv binosi, muzey va “IT” markaz faoliyati bilan tanishildi. Joriy yildagi rejalar hamda yangi loyihalar taqdimot qilindi.

Viloyat rahbari sanoat va eksportyor korxonalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazib, ularning mavjud muammolarini tingladi. Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni hal etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab berildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1780

#Surxondaryo #tanishuv #taqdimot #loyihalar #institut #tadbirkorlar #eksportyorlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahalla yettiligi: O‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar va joriy yildagi rejalar taqdimot qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumani “Paxtakurash” mahallasi “yettiligi” faoliyati, o‘tgan yilda amalga oshirgan ishlari va joriy yildagi rejalari taqdimoti bilan tanishdi.

"Yettilik" faoliyati hamda mahalla idorasining jihozlanishi viloyat rahbari tomonidan e’tirof etildi. Mutasaddilarga ushbu namuna asosida viloyatdagi barcha mahallalarda "yettilik" faoliyatini samarali tashkil etish vazifasi topshirildi.

Davlatimiz rahbarining topshirig‘i bilan mahallalarda “yettilik” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularga quyidagi asosiy vazifalar yuklangan:

mahalla raisi – ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga ko‘maklashish;

hokim yordamchisi – ishsizlarga ish topishga ko‘maklashish;

yoshlar yetakchisi – yoshlarni sport, musiqa va to‘garaklarga jalb etish;

xotin-qizlar faoli – ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish;

soliq xodimi – mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish;

ijtimoiy xodim – yolg‘iz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kabi aniq vazifalar bilan shug‘ullanish.

Shuningdek, mahalla yettiligi o‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha boshqa vazifalar ham yuklangan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
❗️ Surxondaryo daryosi o'zanida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi

“Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-14-son, 17.01.2024-y.) qabul qilindi

📋 Farmonga ko'ra, 2024-yil 1-maydan:

🔹Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o'zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi;

🔹Vazirlar Mahkamasi tomonidan moratoriy tatbiq etiladigan hududlar chegaralari belgilanadi;

🔹daryo o'zanlari, sohil bo'yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shag'al materiallari qazib olish huquqini faqat “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilinadi;

🔹daryo o'zanlari, sohil bo'yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shag'al materiallari qazib olishni taqiqlash va tog'li yoki tog'oldi hududlarda (quruqlikda) joylashgan muqobil kon uchastkalarida qazish ishlari tashkil etiladi.

☑️ Moratoriy davrida daryo o'zanlari, sohil bo'yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shag'al materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 10 baravarga oshirilgan holda qo'llaniladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA |O‘zbekiston-Xitoy: toshko‘mir qazishda zamonaviy texnologiya qo‘llanilmoqda

Prezidentimizning 2017-yil 13-yanvardagi "Sharg‘unko‘mir" aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshko‘mir qazib olishga yetkazish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyatidagi kon to‘liq yangilanib, xitoylik mutaxassislar bilan O‘rta Osiyoda yagona mexanizatsiyalashgan texnologiyalar asosida yuqori kaloriyali qattiq yoqilg‘i qazib olish yo‘lga qo‘yildi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/559379

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Denov tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Ulug‘bek Qosimov: Eng achinarlisi yashirin iqtisodiyot sabab ishchilar kelgusida pensiyaga chiqishlari uchun zarur bo‘lgan ish stajlaridan mahrum bo‘lmoqda!

Surxondaryo viloyati hokimi rahbarligida qurilish sohasidagi dasturlar va “Tashabbusli byudjet” dasturining 2023-yil 2-mavsumi ijrosi hamda “yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi.

Loyihalarni “shablon” ishlab chiqmasdan, hududning o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, birinchi navbatda kelgusida uning samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisobga olish, “yashirin iqtisodiyot”ga qarshi qat’iy kurashish, korxonalarni sog‘lomlashtirish, tadbirkorlarga halol faoliyat yuritish har tomonlama foydali ekanligini tushuntirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, Surxondaryo daryosi o‘zanidan noqonuniy foydalanish holatlarini zudlikda to‘xtatish, buning ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish vazifalari topshirildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/uz/blog/1781

#Surxondaryo #qurilish #dasturlarijrosi #yashiriniqtisodiyot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligi oqova suvlarining ortiqcha isrofini kamaytirish maqsadida ariqlar betonlanmoqda

Surxondaryo viloyatida klaster va fermer xo‘jaliklarining 1,1 ming km ichki ariqlarini betonlash rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 631 km uzunlikdagi betonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, qishki tinim davrida zovurlarni tozalash, kanallarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi va ishlarni sifatli olib borish yuzasidan qator vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, g‘alla parvarishi, mahalliy o‘g‘itlar solish kabi tadbirlar ham ko‘zdan kechirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter