Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32.1K photos
3.19K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Diqqat e'lon: Elektr energiya iste'molining uzluksizligini ta'minlash maqsadida hududlarda ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filialining axborotiga ko‘ra, ertaga, 16-yanvar kuni viloyatimizning quyidagi hududlarida elektr ta’minotini yaxshilash hamda favqulodda "avariya" holatlarining oldini olish maqsadida ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi:

Boysun tumani;
“Sariosiyo”, "Chilonzor", "Darband", "Sho'rsoy" va "Kofirun" mahallalarida.

Denov tumani;
“Bog'inav", "So'fi Olloyor" va "A.Jomiy" mahallalarida.

Jarqo‘rg‘on tumani;
“Matonat”, "Avlod", "Obod guzar" va "Gulhovuz" mahallalarida.

Qiziriq tumani;
“Karmaki" va "Yangiobod" mahallalarida.

Qumqo'r'gon tumani;
"Guliston" mahallasida.

Muzrabod tumani;
"Yangiyer", "Mustaqillik", "Fidokor" va "Alpomish" mahallalarida.

Oltinsoy tumani;
“Qoratepa” va "Qurama-1" mahallalarida.

Sariosiyo tumani;
"Marjona", "Bog'iobod" va "Yangi hayot" mahallalarida.

Termiz tumani;
"At-Termiziy" mahallasida.

Termiz shahri;
"O'zbekiston" mahallasida.

Uzun tumani;
"Obod yurt" mahallasida.

Sho'rchi tumani;
“Joyilma”, "Baxshitepa" va "Qora ariq" mahallalarida.

Ta’mirlash ishlari jarayonlarida ushbu hudud va mahallalarda soat 9:00 dan 17:00 gacha oraliqda vaqti-vaqti bilan elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

❗️Ushbu tadbirlar kelgusida ta’minot sifatini oshirish uchun amalga oshirilayotganligini ma’lum qilgan holda, iste’molchilardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish, og‘ir toifadagi 4 ta mahallada amalga oshiriladigan ishlar, ishlab chiqarish korxonasi va xususiy oliy ta’lim muassasasi faoliyati, “Alpomish kurash majmuasi”ning qurilishi, xorijiy investitsiya o‘zlashtirish, eksportni oshirish va yirik loyihalarni ishga tushirish hamda “IT Park” uchun tanlab olingan bo‘sh binolar taqdimoti bilan tanishildi. Shuningdek, “Indenim” savdo majmuasida yaratilgan sharoitlar, mahsulotlar narxlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1775

#Surxondaryo #mahalla #institut #kurashmajmua #ITPark

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Iqtisodiy kompleksdagi o‘rinbosarlar sonini 15 foizga qisqartirish bo‘yicha taklif kiritish topshirig‘i berildi.

Bunda har bir tumanda, viloyatdagi iqtisodiy kompleksning rahbar va o‘rinbosarlari hamda 11 ta vazir va idora rahbari, o‘rinbosarlariga mas’uliyati va javobgarligi aniq belgilab beriladi.
〰️〰️〰️

Iqtisodiy kompleks rahbarlariga oylik, choraklik va yillik samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) joriy etiladi. Ish haqi ham ularning ijrosiga bog‘lanadi.

Ushbu rahbarlar bir hafta muddatda xalqqa murojaat qilib, o‘ziga katta mas’uliyat va javobgarlik oladi.
〰️〰️〰️

Joriy yilda yalpi ichki mahsulotni kamida 6 foizga ko‘paytirib, 100 milliard dollarga yetkazish reja qilingan.

O‘tgan yili sanoat 6 foiz o‘sgani, ishlab chiqarishda qo‘shilgan qiymat 40 foizdan oshgani ko‘rsatib o‘tildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Qo‘shilgan qiymatni 45 foizdan oshirish, tannarxni 15 foizga kamaytirish, sanoatda 7 foiz o‘sishni ta’minlash bo‘yicha korxonabay chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.

Yalpi ichki mahsulotning kamida 6 foiz o‘sishini ta’minlash iqtisodiy kompleks rahbariyatining asosiy vazifasi etib belgilandi.
〰️〰️〰️

Moliyaviy intizomni kuchaytirib, 2024-yilda byudjet defitsitini 4 foizdan oshirmaslik zarurligi ta’kidlandi.
〰️〰️〰️

Soliq tizimi va soliqchilar faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgani ta’kidlandi.

40 mingta budjet tashkiloti bilan ishlash vazifasi tumandan Soliq qo‘mitasida yangi tashkil qilinadigan Budjet tashkilotlari inspeksiyasiga o‘tkaziladi.

Soliq qarzdorligi bilan ishlash bo‘yicha qo‘mita qoshida Soliq qarzini undirish inspeksiyasi tashkil etiladi. Unga Majburiy ijro byurosida mavjud vakolatlar beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Prezident bojxonadagi imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotganligini ta’kidladi.

O‘tgan yili qo‘llangan imtiyozning bor-yo‘g‘i 3,2 trillion so‘mi o‘rganilganda, ularning 420 milliard so‘mi yoki 13 foizi maqsadsiz qo‘llangani aniqlangani qayd etildi.

Bojxona qo‘mitasiga imtiyoz bilan kirgan tovarlarni korxonabay o‘rganib chiqish topshirildi.

Joriy yil qo‘shimcha manbalar hisobidan Soliq qo‘mitasi 40 trillion, Bojxona qo‘mitasi 15 trillion so‘m tushumni ta’minlashi belgilandi.
〰️〰️〰️

Xususiylashtirish bo‘yicha ishlar holati tahlil qilindi.

Vazirlar Mahkamasiga qoloqliklarni bartaraf etib, 2024-yilda 20 trillion so‘m tushum ta’minlaydigan yangi xususiylashtirish dasturini kiritish topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Prezident: Byudjet tushumi uchun eng katta zaxira – yerlarni tadbirkorlarga auksion orqali sotish

Bosh vazirga yil davomida auksionga umuman yer chiqarmagan Baliqchi, Jalalquduq, Bektemir, Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlari hokimlarining lavozimiga loyiqligini hal qilish topshirildi.

Davaktiv agentligi yerlarni auksionda sotish bo‘yicha 4 trillion so‘mlik rejani tumanbay ishlab chiqishi va ijrosini ta’minlashi belgilandi.

Yil yakuniga qadar 70 ta, kelasi yili barcha tumanlarning master rejalarini ishlab chiqish topshirig‘i berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Prezident: Bugungi kundagi eng dolzarb masala, bu – yashirin iqtisodiyot

Tahlillar xizmatlar, qurilish, sanoat sohalarida o‘nlab trillion so‘mlik mahsulot “soya”da qolayotganini ko‘rsatmoqda. Bu orqali yalpi ichki mahsulotga 135 trillion so‘m, budjetga 30 trillion so‘m tushum yo‘qotilmoqda.

Shuning uchun yashirin iqtisodiyot bilan kurashish yangi pog‘onaga olib chiqiladi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyati kuchaytiriladi.


Departament chuqur tahlil, tezkor-qidiruv, taftish va o‘zi tergov qiladigan idoraga aylanadi. Uning rahbari bir vaqtning o‘zida Bosh prokuror o‘rinbosari bo‘ladi.

Departament 5 ta muhim yo‘nalish: qurilish, farmasevtika, alkogol va tamaki, noqonuniy import, naqdlashtirish va kapitalni noqonuniy chetga olib chiqish borasida keskin o‘zgarish qilish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
To‘g‘ri ishlayotgan, tushumlarini to‘liq ko‘rsatib, soliqlarini o‘z vaqtida to‘layotgan tadbirkorlar bir narsadan hotirjam bo‘lsin. Bunday tadbirkorlarni biz har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz – Prezident

Tadbirkorlarning ochiq-oshkora reytingi ishlab chiqildi.

Reytingi yuqori tadbirkorlar uchun:

barcha soliq tekshiruvlari bekor bo‘ladi;

qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi bir kunda tekshiruvlarsiz qaytarib beriladi (hozir 7 kundan 30 kungacha);

boshqa soliq turlari bo‘yicha ortiqcha to‘lov summasi uch kunda qaytarib beriladi (hozir 15 ish kunida);

tovarlarni import qilishda va sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini bojxona va soliq organlarida o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi;

tumanlarda auksionda olingan davlat aktivlari va yer uchastkalari qiymatini bo‘lib to‘lash muddati 3 yildan 5 yilgacha uzaytiriladi.

Har bir tadbirkor real vaqt rejimida o‘z o‘rni va bahosini bilib boradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Bosh prokuratura Departamentiga o‘tkaziladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyati mutlaqo qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Budjet mablag‘ini taqsimlash ham, uni nazorat qilish ham bitta vazirlikda bo‘lishi noto‘g‘ri ekani ta’kidlandi.

Shu bois Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ham Bosh prokuratura Departamentiga o‘tkaziladi.

Shu bilan birga Hisob palatasi xodimlari byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oladigan 12 ta vazirlikka biriktiriladi. Vazirliklarning har bir xarajati ular bilan kelishilgandan keyin amalga oshirilishi belgilandi.

Umuman, Departament va Hisob palatasi birgalikda ishlab, yashirin iqtisodiyotni jilovlash va budjet mablag‘larini to‘g‘ri sarflanishi uchun javobgar bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter