Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32.1K photos
3.19K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Hurmatli haydovchilar va avtotransport egalari diqqatiga!

Hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ayrim AYOQShlarda “Ai-80” markali avtobenzinni “Ai-95” markasida ko‘rsatib qimmat narxlarda sotish holatlari aniqlangan. Viloyatimiz hokimining tegishli ko‘rsatmasi bilan hozirda ushbu holatlarga chek qo‘yish, kelgusida oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ilova qilinayotgan jadvallar orqali kecha, 15-yanvar kuni AYOQShlarga yetkazib berilgan avtobenzin hajmlari, mavjud qoldiq va markalari bilan hududlar kesimida tanishib olishingiz mumkin.

Hurmatli iste’molchilardan avtobenzin xarid qilishda e’tiborli bo‘lishlarini, yuqoridagi kabi holatlarga duch kelgan taqdirda huquqni muhofaza qiluvchi yoki soliq organlariga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: Xalqni aldab, arzon markali benzinni qimmati deb sotish bu vijdonsizlik. Bu holatlarning barchasiga chek qo'yamiz!

Surxondaryo viloyati hokimi kuni-kecha o‘tkazilgan “Hokimlik soati” yig‘ilishida yoshlarga kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rgatish, hayotda o‘z yo‘lini topishga ko‘maklashish, yoshlarni turli yot g'oyalar ta'siridan asrash masalalari hamda AYOQShlarda “Ai-80” markali avtobenzinni “Ai-95” markalisi deb sotish holatlari aniqlanganligiga to‘xtalib o‘tdi.

Aholining iste'mol huquqlarini himoya qilish, aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish yuzasidan mutasaddilarga ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimligining Facebook va Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari rasmiylik belgisi (Verified)ni oldi

📢 Hurmatli vohadoshlar hamda viloyatimiz hayotiga befarq bo'lmagan tarmoq foydalanuvchilari!

Siz viloyatimiz hayotiga oid so‘ngi muhim yangiliklar, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan Surxondaryo viloyati hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari hamda rasmiy veb-saytida tanishib borishingiz mumkin:

🕊 Telegram: https://t.iss.one/axborot_xizmati

📱 Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz

📱 Instagram: https://www.instagram.com/surxondaryo.hokimligi/

🕊 Twitter: https://twitter.com/surxondaryo_ax?s=20

📺 YouTube: https://www.youtube.com/@surxondaryo_pressa

👍 Web-sayt: https://surxondaryo.uz/uz

Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi va o‘rinbosarlari saylandi

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma raisi va uning o‘rinbosarlari saylandi.

Quronboyev Qahramon Qo‘chqorovichO‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga saylandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek:
Inog‘omov Jovdatxon Sultanovich – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari;

Aslonov Abdullo Ubaydulloyevich – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

Ma’lumot o‘rnida, Uyushma raisi maqomi, tibbiy, transport va maishiy ta’minot sharoitlari bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlari Vatanparvar yurt osоyishta, obod va farovon bo‘ladi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘ida Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug Termiz garnizoni harbiy qismi tomonidan ko‘zi ojiz bolalar maktab-internati o‘quvchilari, mutasaddilarga biriktirilgan alohida toifadagi yoshlar uchun Vatanparvarlik festivali va turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirda faxriy qoravul shaxsiy tarkibining sahna ko‘rinishlari, harbiy orkestrning Ona Vatanga muhabbat, sadoqat va jasoratni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari yoshlarda katta tassurotlar qoldirdi. Shuningdek, yoshlar Tarix va madaniyat muzeyida ham bo‘lishdi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
📣 Boysun tumanida havo sharlari uchiriladi

Surxon vohasining turizm salohiyatini dunyoga yanada tanitish, yangi yo‘nalishlarni targ‘ib qilgan holda sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Turizm qo‘mitasi tomonidan Boysun tumanidagi “qizil konyon” hududida joriy yil 18-19-yanvar kunlari havo sharlari uchiriladi.

Shuningdek, tadbir doirasida OAV vakillari hamda blogerlar uchun info-tur ham tashkil etiladi.

Barcha qiziquvchilar, OAV vakillari hamda blogerlarni joriy yil 18-yanvar kuni soat 8:00 dan boshlanadigan tadbirga taklif etamiz.

Keling va betakror tabiat manzaralarini havo sharlarida tomosha qilib, zavq oling!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
📊 Surxondaryo hududlarida 2023-yilda tashkil etilgan korxonalar soni

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda 2023-yil yanvar-dekabr oylarida 3 915 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) tashkil etilgan.

Yangi tashkil etilgan korxonalar soni hududlar kesimida:
◾️Termiz shahri – 726 ta;
◾️Denov tumani – 453 ta;
◾️Sherobod tumani – 343 ta;
◾️Jarqo‘rg‘on tumani – 298 ta;
◾️Oltinsoy tumani – 253 ta;
◾️Sho‘rchi tumani – 245 ta;
◾️Qiziriq tumani – 243 ta;
◾️Sariosiyo tumani – 219 ta;
◾️Qumqo‘rg‘on tumani – 201 ta;
◾️Angor tumani – 192 ta;
◾️Termiz tumani – 171 ta;
◾️Muzrabot tumani – 171 ta;
◾️Uzun tumani – 155 ta;
◾️Boysun tumani – 137 ta;
◾️Bandixon tumani – 108 ta.

Foto: Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Surxon Teks” MChJning mato ishlab chiqarish korxonasi

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Angor tumanida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda Termiz shahri va boshqa tumanlar yoshlari ham videokonfrensaloqa tarzida ishtirok etishdi. Markaziy va hududiy studiyalar orqali yoshlar bilan muloqot qilinib, mutasaddilarga ularning muammolarini hal etish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash vazifalari belgilab berildi.

Uchrashuvdan so‘ng tibbiyot muassasalarida dori-darmonlarning ishlatilishi ahvoli muhokama qilindi. Mutasaddilarga fuqarolarimizning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini so‘zsiz ta’minlash, bu borada doimiy va qat’iy nazorat o‘rnatish vazifalari yuklandi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1776

#Surxondaryo #yoshlar #ochiqmuloqot #tibbiyot #doridarmon

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter