Surxondaryo viloyati hokimligi
24.7K subscribers
32.1K photos
3.19K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi - Fuqaro muhofazasi boshlig‘i Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida bo‘lib, “Pasurxi” va “Sho‘rsoy” mahallalarini bog‘lovchi markaziy yo‘lni ta’mirlash, mahallalardagi ichki tuproq yo‘llarni toshlash bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqlarining borishi bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, tumanning “Inkobod” mahallasida «Muqtadir ixtisos ta’mir» xususiy korxonasining umumiy qiymati 17,5 mlrd so‘mlik, 45 ta ish o‘rni yaratiladigan "Kemping" xizmatlari ko‘rsatuvchi turizm majmuasi qurilishiga start berildi.

Tumanga tashrif so‘ngida "Boysun bahori" xalqaro festivaliga tayyorgarlik jarayonlari va belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1884

#Surxondaryo #maxsustaktikmashq #kompleks #start #festival

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishlab chiqarish korxonalari faoliyati va mavjud muammolarini o‘rganish hamda yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishish maqsadida Sherobod, Jarqo‘rg‘on va Termiz tumanlariga tashrif buyurdi.

Dastlab, Sherobod tumanida “Sherobod tekstil invest” MChJning ip-kalava ishlab chiqarish loyihasidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi o‘rganildi. Mas’ullarning axborotlari tinglandi. Masalalarni qisqa muddatda hal etib, loyihani ishga tushirish topshirildi. Shuningdek, tumanga tashrif davomida “Sherobod ko‘p tarmokli savdo kompleksi” MChJning savdo majmuasi loyihasidagi qurilish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Viloyat rahbari hududlarga tashrifini Jarqo‘rg‘on tumanida davom ettirib, “Alpomish un tegirmoni” un ishlab chiqarish korxonasi va “Surxonsementinvest” MChJ XKning sement ishlab chiqarish loyihalaridagi muammolarni o‘rgandi. Ikkala loyihada ham muammolarni hal etish, mavjud imkoniyatlarni ishlab solish, mahsulot ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘yish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Hududlarga tashrif so‘ngida Termiz tumanida “Solar nature” MChJning foto elektr stansiyasi loyihasi qurilishiga start berildi. Qiymati 8 mln dollar bo‘lgan loyiha doirasida yillik elektr energiya generatsiyasi 15,3 GVtni tashkil etadi hamda 25 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi.

#Surxondaryo #korxonalar #loyihalar #Solarnature #start

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida sektor rahbarlari, soha mutasaddilari hamda sport federatsiyalari rahbarlari ishtirokida vohamizda sport turlarini rivojlantirish borasida oldinda turgan muhim vazifalar muhokama qilindi.

Soha mutasaddilarining taklif va tavsiyalari tinglanib, mas’ullarga sport turlari, jumladan, ommaviy sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yosh iqtidorlarni aniqlab, ularning shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Shundan so‘ng, "Alpomish" sport arenasida sport turlari, xususan, parasport turlari bo‘yicha "Surxondaryo viloyati hokimi kubogi" musobaqalariga start berildi. Tadbirda viloyat rahbari ishtirok etib, sportchilarga omadlar tiladi.

#Surxondaryo #Sport #hokimkubogi #start

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, og‘ir hudud sifatida tanlab olingan, yoshlar ko‘chalari tashkil etiladigan 10 ta mahallada infratuzilmani yaxshilash ishlariga start berdi.

Shuningdek, baliqchilikni rivojlantirish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2138

#Surxondaryo #infratuzilma #start #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X