Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.9K photos
3.28K videos
1 file
14.2K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov erta tongdan Al-Hakim At-Termiziy majmuasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, Termiz shahrida 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi viloyat filiali faoliyati hamda yaratilgan sharoitlari bilan tanishildi.

Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi mutasaddilari, ishtirokida aholiga patronaj tibbiy xizmatini ko‘rsatish hamda ta’lim-tarbiya maskanlarida sifatli ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2245

#Surxondaryo #AtTermiziymajmuasi #maktab #bogcha #shifoxona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
😄 | Tadbirkor o‘zi o‘qigan maktabga yangi bino qurib berdi

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga Oltinsoy tumanidagi 48-maktabda ta’lim-tarbiya olgan surxondaryolik tadbirkor, “Do‘stlik” ordeni sohibi Jamshid Pardayev ajoyib sovg‘a tuhfa qildi.

Qaymoqli mahallasida loyiha qiymati 32,5 milliard so‘mlik maktabning 630 o‘rinli yangi binosi saxovatpesha tadbirkor homiyligida qurilib, foydalanishga topshirildi.

🔝Batafsil: https://uza.uz/posts/641335

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanida ko‘p qavatli turar joylar, savdo va xizmat ko‘rsatish hamda ishlab chiqarish obyektlari loyiha takliflari taqdimoti bilan tanishdi. Tuman mutasaddilari Rabatak va Oqjar mahallalaridagi bo‘sh yer maydonlarida qurilishi rejalashtirilgan ob’yektlarning loyiha chizmalarini taqdimot qildi hamda iqtisodiy-texnik asoslari haqida axborot berdi.

Viloyat rahbari loyihalar yuzasidan zarur tavsiya va topshiriqlarini berib, turar joylar qurilishi barcha zarur infratuzilmalar bo‘lishini inobatga olish lozimligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Muzrabot tumanida bo‘lib, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga asosan ijtimoiy ahvoli og‘ir oilalarga biriktirilgan mutasaddilar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi. Ishlar talab darajasida emasligi, ayrim mas’ullar tomonidan sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi ko‘rsatib o‘tildi. Dasturga asosan berilgan vazifalarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq muddatlar bilan chora-tadbirlar belgilab berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Viloyat hokimi Termiz shahrida kibersport klubi, bog‘cha, maktab va shifoxona faoliyati bilan tanishdi

Shuningdek, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimidagi masalalar muhokama qilinib, aholining ko‘p qavatli turar joy qurilishi yuzasidan qilgan murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida investitsiya, eksport va sanoat yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlar faoliyati hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Xususan, M41 xalqaro avtomagistral va temiryo‘l ustidan barpo etilayotgan yo‘l o‘tkazgich qurilishi, “Yevro Med” xususiy klinikasi, 10-sonli bog‘cha, “Ibrohim Behruz” MChJning temir va qurilish materiallari hamda “Denov Baron” MChJning mebel mahsulotlari tayyorlash korxonalari faoliyati bilan tanishildi.

Shuningdek, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti majlislar zalida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2246

#Surxondaryo #yulotkazgich #klinika #bogcha #korxonalar #tadbirkorlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ma’rifat ulashib" loyihasi Surxondaryoda

Termiz shahridagi Sa’nat saroyi majmuasida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam, taniqli ijodkorlar Olimjon Davlatov va Xurshid Abdurashidning Termiz davlat universiteti talabalari hamda professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbirda talabalar bilan samimiy muloqot hamda Erkin A’zamning “Zabarjad” qissasi asosida suratga olingan film namoyishi o‘tkazildi.

Uchrashuvdan so‘ng rektor Abduqodir Toshqulov mehmonlarga Termiz davlat universitetida tashkil etilgan videostudiya va restrator ofisi faoliyati bilan tanishtirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X