Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
33K photos
3.28K videos
1 file
14.2K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bayramga tuhfa: Oltinsoyda 630 o‘rinli zamonaviy maktab binosi foydalanishga topshirildi

Bugun Oltinsoy tumanida tadbirkor Jamshid Pardayev tomonidan beg‘araz yordam sifatida yangidan qurib berilgan 48-sonli maktabning 630 o‘rinli binosi foydalanishga topshirildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, nuroniylar, viloyat faollari, ta’lim tizimi mutasaddilari hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Viloyat rahbari maktab 1-oktabr — o‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramiga haqiqiy tuhfa bo‘lganini ta’kidlab, tadbirkorning ota-onasiga minnatdorchilik bildirdi. Tadbir ishtirokchilari maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Zamonaviy talablar asosida barcha sharoitlar bilan ta’minlangan maktabda intellektual sinfxonalar, sport zal, mini stadion, kutubxona, majlislar zali, kompyuter sinfxonalari hamda oshxona barpo etilgan. Bir so‘z bilan aytganda maktabda o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda o‘qituvchi va murabbiylar sharaflandi

Oltinsoy tumanidagi tantanalar saroyida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan viloyatning asosiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati ta’lim tashkilotlari mutasaddilari, ilg‘or o‘qituvchilar, tizimda samarali mehnat qilayotgan faxriy ustoz-murabbiylar ishtirok etdi.

Bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ta’lim fidoyilarini bayram bilan samimiy tabriklab, Prezidentimizning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Tadbirda ta’lim tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi ustoz va murabbiylar hamda soha faxriylariga viloyat hokimining faxriy yorliq va sovg‘alari tantanali topshirildi.

To‘kin dasturxon atrofida bayramona o‘tkazilgan tadbirda qiziqarli konsert dasturi namoyish etilib, elimiz suygan san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sahnalashtirilgan chiqishlar ustozlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumanida bo‘lib, "Baxshtepa 1" va "Elbayon" mahallalarida joylashgan maktablarning qo‘shimcha 330 o‘rinli o‘quv binolarining qurilishi bilan tanishdi.

Viloyat rahbari investitsiya davlat dasturi asosida amalga oshirilayotgan loyihalar qurilishini sifatli amalga oshirish, belgilangan muddatda yakuniga yetkazib, foydalanishga topshirish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga qarashli, hozirda foydalanilmayotgan obyekt holati ko‘zdan kechirildi. Muzlatgichli omborxona va boshqa yordamchi binolari bo‘lgan obyektni rekonstruksiya qilish hamda mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish vazifalari topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Oltinsoyda tadbirkor homiyligida 32 mlrd so‘mlik loyiha asosida qurilgan 630 o‘rinli maktab foydalanishga topshirildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Tuyachilik: Ham daromad, ham salomatlik omili

Jarqo‘rg‘on tumanida tuyachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor faoliyati haqida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X