Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarida bo‘lib, g‘o‘za parvarishi va agrotexnik tadbirlarning borishi bilan tanishdi.

Paxta hosili mo‘lligini ta’minlovchi ayni kunlarda yagonalash va qator oralariga ishlov berish ishlarini sifatli bajarish muhim ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, dalalarni “qizdirib” bo‘lingach o‘g‘itlash va sug‘orish g‘o‘za rivojida yaxshi samara berishi qayd etilib, tegishli tavsiyalar berildi.

Mutasaddilarga ishlarni tizimli tashkil etish, fermer xo‘jaliklari va oilaviy pudratchilarga o‘g‘itlarni belgilangan omborxonalar orqali arzon narxlarda yetkazib berish vazifalari topshirildi.

Shuningdek, viloyat rahbari Angor tumaniga tashrifi davomida pilla boqishda 80 yillik tajribaga ega Mengal momo Xolliyeva xonadonida bo‘lib, ipak qurti boqish ishlari bilan tanishdi. Pillakor bilan suhbat qilinib, yetishtirayotgan hosilining mo‘l-ko‘lligini so‘rab duoga qo‘l ochildi. Pillakor momo joriy yilda 35 kuti ipak qurtini parvarishlab, 2,5 tonnaga yakin pilla xom ashyosi yetishtirishni hamda buning ortidan 100 million so‘m daromad topishni maqsad qilgan.

#Surxondaryo #paxta #agrotexnik #pilla #ipakqurti

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugundan Surxondaryo viloyatida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi. Xususan, Muzrabot tumanida o‘rim-yig‘im ishlariga kirishildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida "Muzrabot indenim klaster" MChJning g‘alla maydonida o‘rim-yig‘im jarayonlarining borishi bilan tanishdi.

Shuningdek, Qiziriq tumanida g‘o‘za parvarishi hamda pilla hosilini qabul shahobchalariga topshirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Rivojdan orqada qolayotgan maydonlarda ishlarni jonlantirish topshirig‘i berildi. Pillakorlar bilan uchrashuvda belgilangan rejani bajarishda faollik ko‘rsatayotgan pudratchilarga viloyat hokimligining sovg‘alari topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2089

#Surxondaryo #Galla2024 #paxta #pilla

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X