Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Termiz shahridagi 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining yangilangan binosi foydalanishga topshirildi. 2,5 mlrd so‘mga rekonstruksiya qilingan va zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlangan maktabning foydalanishga topshirish tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirda Termiz shahri hamda Angor, Muzrabot, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Sariosiyo tumanlari madaniyat bo‘limlariga “Damas” avtomashinasi topshirildi.

#Qosimov #Termiz #madaniyat #musiqasanat #avtomashina

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov shahar va tumanlar hokimliklaridagi studiyalar orqali 1 ming 500 nafar fuqaro bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.

Dastlab, viloyat rahbari ishtirokchilarni kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan tabriklab, o‘tgan bir yil davomida aholi murojaatlarini hal etish, turmush farovonligini oshirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, yechimi yuzasidan mutasaddilar ishtirokida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

#Qosimov #qabul #murojaatlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi” bayrami munosabati bilan imzolagan tegishli Farmoniga asosan 17 nafar surxondaryolik shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilib, yashash manzillariga qaytgandi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov afv etilganlarni qabul qildi. Ularni ijtimoiy moslashtirish, moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, salomatliklarini tiklash, ishga joylashtirish va shu kabi boshqa hayotiy masalalarda amaliy yordam berish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Prezident #Qosimov #avf #ijtimoiyhimoya

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Ustoz ta’lim bunyodkori” mavzusidagi o‘qituvchilar qurultoyi o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev, ta’lim tizimi mutasaddilari hamda vohaning eng faol o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

#Qosimov #qurultoy #ustoz #talim

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumani “Uzumzor” mahallasida bo‘lib, aholi bilan muloqot qilindi. Qisqa muddatda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, oqova suv ta’minotini yaxshilagan holda aholining tomorqadan samarali foydalanish ko‘nikmasin oshirish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, ushbu mahallada yashovchi nogiron farzandi bo‘lgan, ko‘makka muhtoj oilaning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1750

#Qosimov #Uzumzor #infratuzilma #oqovasuv #muhtojoila

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumani dehqon bozorida tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi bilan tanishdi.

Shuningdek, tumandagi “Hokimlik bog‘i”da daraxt ko‘chati ekib, fermer xo‘jaliklari tomonidan ariqlarni betonlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1751

#Qosimov #yarmarka #hokimlikbogi #betonlash

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter