Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32.1K photos
3.19K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoy Xalq Respublikasining “China Geo Engeniring” kompaniyasi direktori Van Lyu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Xalqaro darajada loyihalarni amalga oshiruvchi kompaniya qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va melloratsiya obyektlari qurish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi investision loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Xususan, Surxondaryo viloyati hududida yashil energiya ishlab chiqarish, zamonaviy massiv - shahar kompleksi hamda logistika va yo‘llar qurish loyihalari muhokama qilindi.

Tomonlar hamkorlikda yirik loyihalarni amalga oshirishdan mamnun ekanliklarini qayd etib, mutaxassislar ishtirokida taklif etilayotgan joylarni tanlash, loyihalarning texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga kelishib olishdi.

#Surxondaryo #Xitoy #qabul #muhokama #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz muhandislik-texnologiya institutida viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalarining institut bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etdi. Shuningdek, “qizil” toifadagi yoshlarni mas’ullarga biriktirish va ular bilan amalga oshiriladigan kelgusidagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Termiz tumanidagi “Asadbek Davlatov” fermer xo‘jaligining g‘alladan bo‘shagan maydonida yoshlar bandligini ta’minlash va ularning daromadini oshirish maqsadida g‘alladan bo‘shagan maydonlardan yoshlarga yer ajratish marosimi o‘tkazildi hamda onlayn shaklda tumanlar studiyalari orqali har bir hududdan 100 nafardan yoshga yer maydonlari ajratib berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2128

#Surxondaryo #Muhandislikinstitut #Korxonalar #hamkorlik #yoshlargayer

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Quvayt davlatining “Al Asaad Co For Food Stuff” kompaniyasi asoschisi Al Asaad bilan onlayn muloqot qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Onlayn muloqot O‘zbekistonning Quvaytdagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi. Kompaniya bilan kelgusida Surxondaryo viloyatida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishilib olindi hamda viloyat rahbari Al Asaadni Surxondaryoga taklif qildi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi Xitoy Xalq Respublikasining “CHINA GEO ENGENIRING” kompaniyasi direktori Van Lyu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Kompaniya bilan sanoat, energetika, transport va kommunal obyektlarni qurish va geologiya sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikdan manfaatdor ekanliklarini, yangi loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirishga tayyorligini qayd etishdi.

#Surxondaryo #Quvayt #Xitoy #hamkorlik #loyihalar #muzokara

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirligining vakili Soboslai Zoltan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda tomonlarning hamkorlikda loyihalarni amalga oshiruvchi kompaniyalari mutasaddilari ham ishtirok etishdi.

Muzokaralar davomida avvalgi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarga asosan Vengriya kompaniyalarining “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi bilan 5 ming boshli chorvachilik kompleksini tashkil etish hamda “Agro proccessing group” MChJ bilan bolalar ozuqasi ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha boshlangan loyihalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ushbu loyihalarni O‘zbekiston va Vengriya davlati qonunchiligiga asosan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha memorandum imzolandi.

#Surxondaryo #Vengriya #hamkorlik #muzokaralar #kelishuvlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Yaponiyaning “ARK educational system’s” bosh direktori va vohamizda tashkil etilayotgan Yapon texnologiya universiteti loyihasi asoschisi Genki Kajiura hamda Tanaka Medical Innovation Research Institute (TMI); NEXUS Co.Ltd rahbari Koichi Tanaka boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida viloyatimiz delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, Surxondaryo viloyatida Yapon texnologiya universiteti tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Termiz shahridagi “Mashhura” klinikasi bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish, shuningdek, VSee loyihasini vohamiz orqali yurtimizda tibbiyot sohasiga targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat rahbari Yapon texnologiya universiteti tashkil etish va boshqa loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha barcha zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Yakunda erishilgan kelishuvlar bo‘yicha memorandum imzolandi.

#Surxondaryo  #Yaponiya  #hamkorlik  #muzokaralar  #kelishuvlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Ozarbayjon delegatsiyasi bilan yo‘l qurilishi loyihalari muhokama qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Ozarbayjonning “Kaspian kapital grup” kompaniyasi asoschilari Elxan Pashayev va Taxir Iskandarov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda, shuningek, Ozarbayjonning “Aztimont” va “Tovuz-Baltiya” korxonalari rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Dastlab, avvalgi uchrashuvlarda kelishilgan loyihalarning borishi yuzasidan ma’lumot berildi. Xususan, vohamizda ozarbayjonliklar bilan hamkorlikda anor sharbati ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilganligi qayd etildi.

Shundan so‘ng, kelgusidagi hamkorlik rejalari, xususan, viloyatimiz hududida pullik yo‘l qurish loyihasi muhokama qilindi. Viloyat rahbari yo‘l qurilishida Ozarbayjon kompaniyalarining katta tajriba va salohiyatga ega ekanligi ta’kidlab, bu boradagi hamkorlikdan mamnunligini bildirdi.

Shuningdek, tomonlar yo‘l qurilishi loyihasini mutaxassislarni jalb qilgan holda texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, loyiha takliflarini taqdimotga tayyorlashga kelishib olishdi.

#Surxondaryo  #Ozarbayjon  #uchrashuv  #muzokara  #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi vohamiz delegatsiyasi Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga tashrif buyurdi.

Dasturga ko‘ra Chelyabinsk va Novosibirsk viloyatlarida biznes forumda ishtirok etish, ikki tomonlama uchrashuvlar, loyihalar yuzasidan muzokaralar, kelishuvlarni imzolash tadbirlari, yirik ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi korxonalari, logistika markazlari hamda diqqatga sazovor joylar bilan tanishuvlar rejalashtirilgan.

Bugun dasturga muvofiq Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Chelyabinsk gubernatori Aleksey Tekslerning tomonlar mutasaddilari hamda ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi hamda qator kelishuvlarga erishildi.

Muloqot yakunida viloyatimiz hokimi Chelyabinsk gubernatori va tadbirkorlarni Surxondaryoga amaliy tashrif bilan borishga taklif qildi.

#Surxondaryo #Chelyabinsk #uchrashuv #muzokalar #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Novosibirsk viloyatiga tashrifi doirasida amaliy tadbirlar boshlandi. Bugun viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov va Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikovning kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlarning tarmoq va sohalar mutasaddilari hamda ishbilarmon doira vakillari o‘zaro hamkorlik aloqalarining yangi yo‘nalishlari, istiqbolli loyihalar hamda mavjud imkoniyatlar yuzasidan taqdimotlari ko‘rib chiqildi va ma’ruzalari tinglandi. Ikki viloyat rahbari ham O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlarining say-harakatlari bilan ikki mamlakatning strategik hamkorlik aloqalari yangi bosqichda rivojlanib borayotganini qayd etishdi.

Tadbir yakunida Surxondaryo viloyati hokimligi va Novosibirsk viloyati hukumati o‘rtasida hamkorlik qilish bo‘yicha anglashuv memorandumi hamda ushbu memorandumni ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Delegatsiyamizning Novosibirsk viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

#Surxondaro #Novosibirsk #uchrashuv #hamkorlik #memorandum

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Ayni vaqtda Novosibirsk viloyatida bo‘lib turgan Surxondaryo delegatsiyasi tarikibida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, vohamizdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda ta’lim sohasi mutasaddilari ham tashrif buyurgan.

Viloyatimizning oliy ta’lim muassasalari rektorlari Novosibirskdagi hamkasblari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim tizimida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Ikki tomonlama uchrashuvlar hamda muzokaralar davomida Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qator kelishuvlar imzolandi. Xususan, tibbiyot, farmasevtika, muhandislik, ijtimoiy-iqtisodiy, arxitektura va qurilish hamda fizika yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlashda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishga kelishilib olindi.

#Surxondaro #Novosibirsk #oliytalim #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Zhejiang SunspotNewEnergy Technology Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Jiang Deyuan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda xitoylik investorlar tomonidan taklif etilayotgan Surxondaryoda umumiy qiymati 600 mln dollarlik, to‘liq xoriiy investitsiya hisobiga amalga oshiriladigan 3 000 GVt quvvatli fotoelektr stansiyasi qurish loyihasini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.

Viloyat rahbari mas’ullarga loyihani amalga oshirishning texnik va iqtisodiy asoslari hamda ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, tomonlar va mas’ul vazirliklar bilan kelishish bo‘yicha ishlarni boshlash topshirig‘ini berdi. Ikki tomon rasmiylari ham istiqbolli loyihani amalga oshirishdan mamnunligini qayd etishdi.

#Surxondaryo #Xitoy #fotoelektrstansiya #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Mishima Kenji boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida viloyat rahbari tashrif uchun o‘z minnatdorchilik bildirib, o‘tgan yili dekabr oyida Surxondaryo delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifida JICA bilan erishilgan kelishuvlar hamda ularning ijrosiga to‘xtaldi. Shuningdek, Yaponiya tomoni ham erishilgan kelishuvlar va yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi.

Uchrashuvda turizm, sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik hamda Yaponiyada Termiz shahrini xavfsiz shaharlar ro‘yxatiga kiritish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikdan mamnun ekanliklarini hamda uni yangi bosqichda kengaytirish va rivojlantirishdan manfaatdorligini qayd etishdi.

JICA delegatsiyasi vohamizga tashrifi davomida hududlarda ishlab chiqarish, logistika va ijtimoiy soha obyektlari faoliyati hamda hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishadi.

#Surxondaryo  #Yaponiya  #JICA  #hamkorlik

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X