Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32.1K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qiziriq tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Tursunpo‘lat Bahriddin” YaTTning eshik va deraza romlari hamda temir darvozalar tayyorlash korxonasi, Buyuk kelajak mahallasida tashkil etilgan mahalla servis kompaniyasi va xizmat ko‘rsatish nuqtalari faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholi xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning dehqonchilik va o‘quvchilarning qo‘shimcha o‘quvlarga jalb qilish faoliyati bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2173

#Surxondaryo #aholibandligi #tadbirkorlik #serviskompaniyasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Viloyat rahbarining hududlarga tashrifi Bandixon tumanida davom etdi. Tumanning “Bandixon” mahallasida “Obod turmush shifo” MChJ tomonidan tashkil etilgan “Malham med” xususiy klinikasining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Shuningdek, tashrif davomida Saroy mahallasida aholi xonadonlarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va kasanachilikni yo‘lga qo‘yish orqali tashkil etilgan loyihalar bilan tanishildi hamda “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 56 nafar ishsiz, “daftar”larga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlarga subsidiya asosida turli asbob-uskuna va jihozlar topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2174

#Surxondaryo #xususiyklinika #asalarichilik #chorvachilik #kasanachilik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Qiziriq va Bandixon tumanlarida aholi daromadlarini oshirish borasidagi ishlar bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari sharaflandi

Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning barqarorligi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning, xalqimiz farovonligining ishonchli kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda. Bunda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining ham alohida o‘rni bor.

Surxondaryo viloyatida 4 avgust – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilganining 7 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov so'zga chiqib, Milliy gvardiya tizimida kechayotgan islohotlar, soha vakillarining yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash borasidagi fidokorona faoliyati to‘g‘risida to‘xtalib, mardona xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Bayram tadbirida el-yurt tinchligi, osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlashda jonbozlik ko‘rsatgan, o‘z xizmat vazifasiga vijdonan yondashgan bir guruh xodimlar viloyat hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Viloyatning taniqli san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada joziba bag‘ishlab, barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X