Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32.1K photos
3.19K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Saylov-2024: Surxondaryoda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ro‘yxatga olindi

Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida siyosiy partiyalarning vakolatli vakilini ro‘yxatga olish va viloyat hududiy saylov komissiyasining matbuot markazi faoliyatini tashkil etishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

Majlisda viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Z.Alimardonova va boshqalar joriy yil 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, joylarda siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilar imzosini to‘plash jarayonlari borayotgani haqida ma’lumot berdi.

Bu yil ilk bor siyosiy partiyalardan “E-saylov” axborot tizimi orqali tavsiya etilgan vakolatli vakillarga tegishli hujjatlar ko‘rib chiqilib, ro‘yxatga olindi. Belgilangan shakldagi mandatni berish haqida qaror qabul qilindi.

Majlisda shuningdek, matbuot markazi tarkibi tasdiqlandi. Matbuot markaziga saylov jarayonini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq brifinglar, matbuot anjumanlarini tayyorlash va o‘tkazish, saylovga oid masalalar bo‘yicha tezkor axborot berib borish vazifalari yuklatildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Viloyat hokimi Ulug'bek Qosimov Boysunda madaniy meros obyekti, tikuvchilik korxonasi hamda sport klubi faoliyati bilan tanishdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida hududiy studiyalar orqali navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi.

Viloyat hokimligi zalida o'tkazilgan onlayn qabulda 52 nafar tadbirkorning 56 ta turli masalalardagi murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning 8 tasi qabul davomida hal etildi hamda 48 ta murojaat ijrosi yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.

Mutasaddilarga ijro uchun yo‘naltirilgan masalalarni puxta o‘rganish, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etishda mas’uliyat bilan ishlash vazifasi topshirildi va murojaat ijrosi qat’iy nazorat ostida ekanligi qayd etildi.

❗️Eslatma: Tadbirkorlarimizdan o‘zlarini qiynayotgan muammolar, yangi taklif va tashabbuslar yuzasidan quyidagi telegram botga murojaat qilishlarini so'raymiz:
@surxondaryo_tadbirkorlari_bot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Yaponiyaning “Support Organization for Advanced Foreign Students Co., Ltd” (SOAFS) kompaniyasi rahbari Junichi Nakamurani qabul qildi.

Uchrashuvda yapon investori tomonidan qurilish, eksport, ta’lim hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishlarida yangi loyihalarni amalga oshirish tashabbusi bildirildi. Jumladan, Termiz shahrida Yaponiya texnologiyasi asosida mustahkam va zilzilaga bardoshli turar-joylar qurish, quritilgan va quruq mevalar hamda limon eksportini yo‘lga qo‘yish, Surxondaryoda qurilish sohasida kadrlar tayyorlovchi Yaponiya universitetini tashkil etish, shuningdek, suv tejovchi texnologiyalar yetkazib berish loyihalari muhokama qilindi.

Viloyat rahbari istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdan mamnunligini ta’kidlab, Surxondaryo viloyatining mavjud imkoniyat va salohiyati bilan tanishtirdi. Shuningdek, mas’ullarga yapon investori tomonidan taklif etilayotgan loyihalarning texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini har tomonlama o‘rganib, istiqbolli loyihalarni tanlab, taqdimotga kiritish vazifasi topshirildi.

Investorning vohamizga tashrifi davom etayotgan bo‘lib, bir necha kun davomida ishlab chiqarish obyektlari, loyihalarni amalga oshirish uchun taklif etilayotgan joylar bilan tanishiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning xorijiy hamkorlar va investorlar bilan navbatdagi uchrashuvi ham yaponlar bilan bo‘lib o‘tdi. Viloyat rahbari ikkinchi uchrashuvda Yaponiyaning “Techno Bridge NKE Co., Ltd” kompaniyasi direktori Xirokazu Tanaka, “Kensetsu Chousa Consultant Co., Ltd” kompaniyasi direktori Jozuka Kenjiro va “Ark Educational System’s Co., Ltd” kompaniyasi bosh direktori Genki Kajiurani qabul qildi.

Yapon kompaniyalari uchrashuvda Surxondaryoda biznes markazi, mehmonxona, texnopark, restoranlar, ko‘ngilochar maskanlar, akvapark hamda turar joylar kompleksini o‘z ichiga olgan loyihani taqdimot qildi. Shuningdek, vohamizda 32 gektar yer maydonida Yapon bog‘ini qurish hamda “Surxon Sanoat Qurilish” kompaniyasi bilan hamkorlikda Yaponiyaning BIM tizimini O‘zbekistonga tadbiq qilish loyihalari muhokama qilindi.

Viloyat rahbari taklif etilayotgan yirik loyihalarni amalga oshirish uchun zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini bildirdi hamda tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda loyihalarni tanlab olingan joylarga moslash topshirig‘ini berdi. Muzokaralar yakunida taklif etilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha datlabki kelishuvlarga erishildi.

Qayd etish kerakki, qurilishni loyihalash va dizayn sohasida Singapur, Malayziya va Janubiy Osiyo davlatlaridagi loyihalarga investitsiyalar kiritgan “Techno Bridge NKE Co., Ltd” kompaniyasining yillik aylanmasi 4,3 mlrd dollar bo‘lib, O‘zbekistonda birinchi marta Surxondaryoda o‘z loyihalarini amalga oshirish taklifini bildirmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X