Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida tashkil etilgan tadbirda hududlarda aholining madaniy hordiq olishi uchun xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, madaniyat bo‘limlarining moddiy-texnika bazasi hamda sharoitlarini yaxshilash maqsadida Madaniyat vazirligi tomonidan ajratilgan 6 ta "Damas" avtomashinasi kalitlarini tuman Madaniyat bo‘limlariga tantanali topshirdi. Shuningdek, ushbu madaniyat bo‘limlariga 5 turdagi musiqa asboblari ham berildi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil dekabr oyida Termiz shahri va beshta tuman madaniyat bo‘limlariga xizmat avtomashinalari topshirilgan edi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi shodiyonalariga tayyorgarlik jarayonlari hamda viloyatning asosiy bayram dasturi taqdimotlari bilan tanishdi. Soha mas’ullari va mutasaddilarga bayram tadbirlariga yuqori saviyada hozirlik ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Tadbir yakunida joriy yil 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyatida o‘tkazilgan II xalqaro maqom san’ati anjumanida Surxondaryo viloyatining tashkiliy va ijodiy jamoasining faol ishtiroki uchun sharoitlar yaratib berganligi uchun viloyat hokimiga Madaniyat vazirligining tashakkurnomasi topshirildi.
#Surxondaryo #Madaniyat #xizmatavtomashinalari #bayramdasturi #taqdimot
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Metan gaz narxini barqarorlashtirish hamda narxlarning asossiz oshirib yuborilishini oldini olish bo‘yicha jiddiy nazorat olib boriladi
Energetika vaziri o‘rinbosari Azizxo‘ja Qobilov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda gaz narxining erkinlashtirilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumot berildi:
📈 Ishlab chiqaruvchilar va importerlar tomonidan birja savdolariga suyultirilgan gaz qo‘yish hajmlari kamayib, mahsulotning o‘rtacha sotilish narxi iyul oyi boshidagiga nisbatan 25 foiz (6 mln so‘mdan → 7,5 mln so‘mgacha) oshgan.
🛢Avgust oyining 7-sanasidan e’tiboran “Uzbekistan GTL” MChJ tomonidan kuniga yana qo‘shimcha 100 tonnadan suyultirilgan gazni birja savdolariga qo‘yib boriladi.
🛑Bugungi kunda suyultirilgan gazning tadbirkorlik subyektlari tomonidan import qilinishiga hech qanday taqiq va cheklovlar mavjud emas.
📱 2025-yil 1-yanvarga qadar barcha shoxobchada gaz to‘ldirish ustunlariga qo‘shimcha qurilmalar o‘rnatilib, realizatsiya qilinayotgan gaz hajmi onlayn kuzatib boriladi.
‼️ Endilikda sotilayotgan yoqilg‘ilarning narxlarini sun’iy ravishda oshirish holatlari aniqlangan taqdirda, mazkur tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi hamda ularga yoqilg‘i yetkazib berilishi to‘xtatiladi.
📞 Hurmatli iste’molchilar, agar siz metan gaz narxining asossiz ravishda oshirilishi holatlariga duch kelsangiz, Raqobat qo‘mitasining 71-207-47-00, 71-207-48-00 yoki 1159 qisqa raqamiga, shuningdek, Bosh prokuraturaning 1007 qisqa raqami hamda “O‘zenergoinspeksiya”ning 71-200-02-86 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov turizm, madaniy meros, madaniyat va sport yo‘nalishlari hamda xotin-qizlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Boysun tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida “Uzundara” istehkomida arxeologik izlanishlarning borishi, 21 nafar “daftarlar”da turgan, ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan “Feruza” tikuvchilik korxonasi, mahalla idorasi, sport klubi, umumiy ovqatlanish va savdo nuqtasi hamda o‘quv markazini o‘z ichiga olgan majmua faoliyati bilan tanishildi.
Shuningdek, viloyat rahbari ibratli oilalarning katta hayot ostonasiga qadam qo‘ygan, oila qurmoqchi bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuvida ishtirok etdi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2172
#Surxondaryo #Uzundara #turizm #madaniyat #sport #xotinqizlar #bandlik

Surxondaryo viloyati hokimligi va Turizm boshqarmasi tomonidan mavjud turizm obyektlariga aholini keng jalb qilish, sohadagi tadbirkorlik subyektlari va turistik maskanlarni qo‘llab-quvvatlash, turoperator va turagentlarni iste’molchilarga tanitish maqsadida Sangardak turizm qishlog‘ida tashkil etilgan “Ichki turizm yarmarkasi” tadbirlari gastronomik turizm yo‘nalishi – o‘zbek milliy taomlaridan biri hisoblangan osh tayyorlash musobaqalari bilan boshlandi.
Yarmarka doirasida Sangardak sanatoriysi hududida milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan turli ko‘rgazmalar tashkil etildi. Unda tashrif buyuruvchilarga vohaning boy milliy madaniyati va urf-odatlari keng namoyish etildi.
Shuningdek, jurnalist va blogerlar uchun Sangardak turizm qishlog‘i bo‘ylab, dam olish maskanlari, diqqatga sazovor va muqaddas qadamjolarga press-tur o‘tkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Yarmarka doirasida Sangardak sanatoriysi hududida milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan turli ko‘rgazmalar tashkil etildi. Unda tashrif buyuruvchilarga vohaning boy milliy madaniyati va urf-odatlari keng namoyish etildi.
Shuningdek, jurnalist va blogerlar uchun Sangardak turizm qishlog‘i bo‘ylab, dam olish maskanlari, diqqatga sazovor va muqaddas qadamjolarga press-tur o‘tkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
🥊 Ikki karra Olimpiya chempionligi uchun navbatdagi qadam - Bahodir Jalolov yarimfinalga chiqdi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zosi, Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov Olimpiadalardagi ikkinchi medalini kafolatladi. Eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschimiz chorakfinalda avstraliyalik Teremoana Teremoanani mag‘lub etdi.
Endi u 7-avgust kuni germaniyalik Nelviye Tiafakka qarshi final yoʻllanmasi uchun jang qiladi.
Yurtimiz faxri bo‘lgan vohadoshimizga yarimfinalda omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Boks bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zosi, Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov Olimpiadalardagi ikkinchi medalini kafolatladi. Eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschimiz chorakfinalda avstraliyalik Teremoana Teremoanani mag‘lub etdi.
Endi u 7-avgust kuni germaniyalik Nelviye Tiafakka qarshi final yoʻllanmasi uchun jang qiladi.
Yurtimiz faxri bo‘lgan vohadoshimizga yarimfinalda omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Saylov-2024: Surxondaryoda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ro‘yxatga olindi
Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida siyosiy partiyalarning vakolatli vakilini ro‘yxatga olish va viloyat hududiy saylov komissiyasining matbuot markazi faoliyatini tashkil etishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
Majlisda viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Z.Alimardonova va boshqalar joriy yil 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, joylarda siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilar imzosini to‘plash jarayonlari borayotgani haqida ma’lumot berdi.
Bu yil ilk bor siyosiy partiyalardan “E-saylov” axborot tizimi orqali tavsiya etilgan vakolatli vakillarga tegishli hujjatlar ko‘rib chiqilib, ro‘yxatga olindi. Belgilangan shakldagi mandatni berish haqida qaror qabul qilindi.
Majlisda shuningdek, matbuot markazi tarkibi tasdiqlandi. Matbuot markaziga saylov jarayonini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq brifinglar, matbuot anjumanlarini tayyorlash va o‘tkazish, saylovga oid masalalar bo‘yicha tezkor axborot berib borish vazifalari yuklatildi.