Surxondaryo viloyati hokimligi
23.9K subscribers
36K photos
3.53K videos
1 file
15K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
🏅Muzaffarbek To‘raboyev Olimpiya o‘yinlari sovrindori

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo bo'yicha -100 kg vazn toifasida hamyurtimiz Muzaffarbek To‘raboyev bronza medali uchun kechgan bahsda ispaniyalik Nikoloz Sherazadishvili ustidan g‘alaba qozondi.

Shu tariqa Muzaffarbek Parij Olimpiyadasida mamlakatimiz hisobiga ikkinchi medalni yozib qo‘ydi.

Sportchimiz erishgan natija bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida “Bobotog‘ kanalini modernizatsiya qilish va inshootlarini rekonstruksiya qilish" loyihasining borishi, Sherobod tumanida “Komfort Inert Servis” MChJning granit plitalar ishlab chiqarish, “Neo-Kaliy” MChJning kaliy zaxira maydonlarida yangi quduqlar qazish faoliyatlari hamda “NCG KOREA CEMENT” MChJning portlandsement ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi. Shuningdek, “Sherobod sement zavodi” faoliyati bilan bog‘liq muammolarni o‘rgandi.

Tashrif davomida Prezidentimiz huzurida joriy yil 22-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida sanoat korxonalariga ishga joylashtirilgan 25 nafar oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2171

#Surxondaryo #Bobotogkanali #KomfortInertServis #NeoKaliy #NCGKOREACEMENT

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Zhejiang SunspotNewEnergy Technology Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Jiang Deyuan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda xitoylik investorlar tomonidan taklif etilayotgan Surxondaryoda umumiy qiymati 600 mln dollarlik, to‘liq xoriiy investitsiya hisobiga amalga oshiriladigan 3 000 GVt quvvatli fotoelektr stansiyasi qurish loyihasini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.

Viloyat rahbari mas’ullarga loyihani amalga oshirishning texnik va iqtisodiy asoslari hamda ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, tomonlar va mas’ul vazirliklar bilan kelishish bo‘yicha ishlarni boshlash topshirig‘ini berdi. Ikki tomon rasmiylari ham istiqbolli loyihani amalga oshirishdan mamnunligini qayd etishdi.

#Surxondaryo #Xitoy #fotoelektrstansiya #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Viloyat hokimi Jarqo‘rg‘onda kanal qurilishi va Sherobodda sanoat korxonalari faoliyati hamda yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, Xitoy kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Ota uchun farzandi erishgan yutuq bilan faxrlanishdanda ortiq xursandchilik bo‘lmasa kerak!

Muzaffarbek To‘raboyevning bronza medali uchun kurashdagi g‘alabasini otasi, Kurash bo‘yicha jahon chempioni Toshtemir polvon va oila a’zolari mana shunday xursandchilik bilan kutib olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Metan narxini bozor belgilaydi – tarmoq tadbirkorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Prezidentimiz topshirig‘iga binoan Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda metan narxining yuqori chegarasi bekor qilinganligi, davlat narx belgilanishiga aralashmasligi hamda narxni bozor belgilashi ma’lum qilindi. Shuningdek, davlat rahbari hukumatga bu borada bozor mexanizmlarini joriy etish bilan birga, gaz narxining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha topshiriq berdi.

Kecha mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash, narxlarning asossiz oshirilishini oldini olish hamda bu borada tarmoq tadbirkorlariga tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Qumqo‘rg‘on tumani hokimligida Denov, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi hamda Termiz shahar hokimligida Angor, Sherobod, Muzrabot, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Bandixon, Boysun, Termiz tumanlari hamda Termiz shahridagi metan “zapravka”lari rahbarlari bilan sektorlar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari mutasaddilari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Unda metan narxlarining bozor tamoyillari asosida shakllanishini va sog‘lom raqobat muhitini taminlash lozimligi, narxlarning asossiz oshirilishi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi. Bu borada tadbirkorlarga tegishli tushuntirishlar berilib, mutasaddilar va sektor rahbarlariga metan narxlarining bozor mexanizmlari asosida shakllanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish vazifasi topshirildi.

Viloyat rahbari Qumqo‘rg‘on tumanida "Yulduz" AJga qarashli metan “zapravka”da, narx-navo bilan qiziqdi hamda sotuvchi va xaridorlar bilan suhbatlashib, umumiy holatni o‘rgandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boysunda katta xursandchilik – Muzaffarbekning g‘alabasi tantana qilinmoqda

Kecha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha -100 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritgan Muzaffarbek To‘raboevning yashash xonadoniga Boysun tumani hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari va mutasaddilar borib, keng jamoatchilik ishtirokida ota-onasi hamda yaqinlarini erishilgan natija bilan qutladi.

Polvonlar oilasi bo‘lgan Muzaffarbekning otasi, Kurash bo‘yicha jahon chempioni Toshtemir Muhammadievga O‘zbekiston nomini dunyoga tanitayotgan shunday farzandlarni voyaga yetkazgani uchun minnatdorchilik bildirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryolik yana bir sportchi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, 19 yoshli Osiyo chempioni, surxondaryolik velosportchi Nikita Svetkov shosse yo‘nalishining elit kategoriyasida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Vakilimiz dunyoning eng nufuzli musobaqasida ertaga, 3-avgust kuni velosport bahslarida debyut qiladi.

Surxon vohasining yana bir faxri bo‘lgan Nikita Svetkovga Olimpiya o‘yinlarida omad tilaymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Yana oltita madaniyat bo‘limiga xizmat avtomashinasi topshirildi hamda mustaqillik bayramiga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X