Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32.1K photos
3.19K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Viloyatimiz delegatsiyasining Novosibirsk viloyatiga tashrif dasturiga muvofiq RusAgroMarket” ulgurji tarqatish markazi faoliyati bilan tanishishdi.

Loyiha “Ermak” kompaniyalar guruhi va “Proksima Kapital Group” investitsiya kompaniyasi tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida amalga oshirilgan bo‘lib, Novosibirskdagi markazning umumiy maydoni 108 gektarni tashkil etadi.

Viloyatimiz delegatsiyasining markaz faoliyati bilan tanishuvidan so‘ng, ikki hudud tadbirkorlari ishtirokida muzokaralar o‘tkazildi. Tomonlar markazda tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar, jumladan, mahsulotlarni saqlash, yetkazib berish, ulgurji sotish uchun yaratilgan sharoitlardan kelgusida xamkorlikda foydalanishga kelishdilar.

Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlari rahbarlari mahsulotlarni yetkazib berish va o‘zaro tovar almashishda hamkorlik qilishdan mamnunligini bildirishdi.

#Surxondaro #Novosibirsk #RusAgroMarket

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X