Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Termiz shahridagi 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining yangilangan binosi foydalanishga topshirildi. 2,5 mlrd so‘mga rekonstruksiya qilingan va zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlangan maktabning foydalanishga topshirish tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirda Termiz shahri hamda Angor, Muzrabot, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Sariosiyo tumanlari madaniyat bo‘limlariga “Damas” avtomashinasi topshirildi.

#Qosimov #Termiz #madaniyat #musiqasanat #avtomashina

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida tashkil etilgan tadbirda hududlarda aholining madaniy hordiq olishi uchun xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, madaniyat bo‘limlarining moddiy-texnika bazasi hamda sharoitlarini yaxshilash maqsadida Madaniyat vazirligi tomonidan ajratilgan 6 ta "Damas" avtomashinasi kalitlarini tuman Madaniyat bo‘limlariga tantanali topshirdi. Shuningdek, ushbu madaniyat bo‘limlariga 5 turdagi musiqa asboblari ham berildi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil dekabr oyida Termiz shahri va beshta tuman madaniyat bo‘limlariga xizmat avtomashinalari topshirilgan edi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi shodiyonalariga tayyorgarlik jarayonlari hamda viloyatning asosiy bayram dasturi taqdimotlari bilan tanishdi. Soha mas’ullari va mutasaddilarga bayram tadbirlariga yuqori saviyada hozirlik ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Tadbir yakunida joriy yil 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyatida o‘tkazilgan II xalqaro maqom san’ati anjumanida Surxondaryo viloyatining tashkiliy va ijodiy jamoasining faol ishtiroki uchun sharoitlar yaratib berganligi uchun viloyat hokimiga Madaniyat vazirligining tashakkurnomasi topshirildi.

#Surxondaryo #Madaniyat #xizmatavtomashinalari #bayramdasturi #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov turizm, madaniy meros, madaniyat va sport yo‘nalishlari hamda xotin-qizlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Boysun tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Uzundara” istehkomida arxeologik izlanishlarning borishi, 21 nafar “daftarlar”da turgan, ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan “Feruza” tikuvchilik korxonasi, mahalla idorasi, sport klubi, umumiy ovqatlanish va savdo nuqtasi hamda o‘quv markazini o‘z ichiga olgan majmua faoliyati bilan tanishildi.

Shuningdek, viloyat rahbari ibratli oilalarning katta hayot ostonasiga qadam qo‘ygan, oila qurmoqchi bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuvida ishtirok etdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2172

#Surxondaryo #Uzundara #turizm #madaniyat #sport #xotinqizlar #bandlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tumanlarida turizm, madaniyat, ommaviy kommunikatsiyalar hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar, texnikum, kasb-hunar maktabi hamda kutubxonalar faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, vohamizda turizm yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan va mehmonxonalar qurayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2247

#Surxondaryo #turizm #madaniyat #xotinqizlar #tadbirkorlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X