Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Faxriy konsul Xiroyuki Ito hamda savdo, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar, investorlar ishtirokida Surxondaryo-Yaponiya biznes forumi o‘tkazildi.

Forum doirasida o‘tkazilgan “B2B” va “B2G” uchrashuvlarida fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sanoat, savdo, turizm yo‘nalishlarida hamkorlik, ko‘mir, neft, tabiiy gaz, tuz, kaliy, gips, rangli metallar va boshqa tabiiy boyliklarni qazib olish, qayta ishlash kabi loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erilishib, shartnomalar imzolandi.

Forumdan so‘ng, Yaponiya delegatsiyasi sharafiga rasmiy qabul va madaniy tadbir tashkil etildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1810

#Surxondaryo #Yaponiya #Biznesforum #kelishuvlar #shartnomalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun O‘zbekiston-Yaponiya xalqaro iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar parvarishiga oid xizmatlar ko‘rsatish, turizm, o‘quv markazlari tashkil etish, mehmonxona xizmatlari yo‘nalishidagi Yaponiya kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya viloyatimizga tashrif buyurib, qator ishlab chiqarish, xizmatlar va logistika markazlari hamda tarixiy va diqqatga sazovor joylar bilan tanishishdi.

Jumladan, mehmolar “Termiz xalqaro savdo markazi”, “Termez National Carpets” MChJning gilam ishlab chiqarish korxonasi, “Sulton Saodat” majmuasi hamda Surxondaryo tarixi va madaniyati muzeyida bo‘lishdi. Surxondaryo-Yaponiya biznes forumida vohamizning investitsiya va turizm salohiyati haqida axborotlar berildi. Forum doirasida o‘tkazilgan “B2B” va “B2G” uchrashuvlarida qator yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 3 ta shartnoma imzolandi.

Yaponiya delegatsiyasi uchun tashkil etilgan madaniy tadbirda vohaga xos milliy cholg‘ular, folklor jamoalarning chiqishlari hamda Surxoncha raqslar namoyish etildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1812

#Surxondaryo #Yaponiya #delegatsiyatashrifi #Forum #kelishuvlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Surxondaryoga tashrif bilan kelgan hindistonlik shifokorlar delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuv davomida viloyatdagi davolash-profilaktika muassasalarining hamshira va shifokorlari malakasini oshirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida Hindiston bilan qo‘shma ta’lim loyihasi, yuqori texnologik operatsiyalar, jumladan, bolalarda ilig ko‘chirish, jigar transplantatsiyasi kabi murakkab amaliyotlarni vohamiz shifokorlari bilan birgalikda amalga oshirish, hamkorlikda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/uz/blog/1845

#Surxondaryo #Hindiston #tibbiyot #kelishuvlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Huaxing Development and Investment Group” kompaniyasi raisi Chen Xingfu hamda "Nuwa Robotics CIS Group" kompaniyasi raisi Rey Hungni qabul qildi. Qabul O‘zbekiston-Xitoy biznes assotsiatsiyasi rahbari Baxtiyor Muhammadiyev ko‘magida tashkil etildi.

Uchrashuvda tomonlarning avvalgi muzokaralarida muhokama qilingan loyihalarni boshlash, xususan, robotatexnikalar va noutbuklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, vohada yangi loyihalarni boshlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Termizning logistika imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida logistika markazi tashkil etish, kaliy qazib olish, qayta ishlash va eksport qilish loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ham muhokama etildi.

Termiz shahri va Shansi provinsiyasining Yuncheng shahri o‘rtasida qardosh shaharlar munosabatlarini rivojlantirish yuzasidan kelishuv imzolandi.

#Surxondaryo #Xitoy #muzokaralar #kelishuvlar #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirligining vakili Soboslai Zoltan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda tomonlarning hamkorlikda loyihalarni amalga oshiruvchi kompaniyalari mutasaddilari ham ishtirok etishdi.

Muzokaralar davomida avvalgi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarga asosan Vengriya kompaniyalarining “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi bilan 5 ming boshli chorvachilik kompleksini tashkil etish hamda “Agro proccessing group” MChJ bilan bolalar ozuqasi ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha boshlangan loyihalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ushbu loyihalarni O‘zbekiston va Vengriya davlati qonunchiligiga asosan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha memorandum imzolandi.

#Surxondaryo #Vengriya #hamkorlik #muzokaralar #kelishuvlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Yaponiyaning “ARK educational system’s” bosh direktori va vohamizda tashkil etilayotgan Yapon texnologiya universiteti loyihasi asoschisi Genki Kajiura hamda Tanaka Medical Innovation Research Institute (TMI); NEXUS Co.Ltd rahbari Koichi Tanaka boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida viloyatimiz delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, Surxondaryo viloyatida Yapon texnologiya universiteti tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Termiz shahridagi “Mashhura” klinikasi bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish, shuningdek, VSee loyihasini vohamiz orqali yurtimizda tibbiyot sohasiga targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat rahbari Yapon texnologiya universiteti tashkil etish va boshqa loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha barcha zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Yakunda erishilgan kelishuvlar bo‘yicha memorandum imzolandi.

#Surxondaryo  #Yaponiya  #hamkorlik  #muzokaralar  #kelishuvlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi delegatsiyamiz Chelyabinsk shahrida tashkil etilgan biznes forumda ishtirok etdi. Forumda Surxondaryoning investitsion salohiyati, mavjud imkoniyatlari haqida taqdimotlar qilindi.

Viloyatimiz rahbari rossiyalik tadbirkorlarni hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishga taklif etib, bu borada barcha zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini ta’kidladi. Shuningdek, Chelyabinsk viloyati mutasaddilari ham kelgusida hamkorlik istiqbollari, o‘lkadagi mavjud salohiyat va imkoniyatlar bilan tanishtirishdi.

Forum doirasida ikki tomon tadbirkorlari o‘rtasida “B2B” formatidagi qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralar yakunlariga ko‘ra mato, meva va sabzavotlar eksportini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Shundan so‘ng, delegatsiyamiz hududdagi tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi «Moy biznes» markazi faoliyati bilan tanishdi. Viloyat rahbari markaz tajribasini puxta o‘rganish va vohamizda joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarini amalga oshirish topshirig‘ini berdi.

#Surxondaryo #Chelyabinsk #biznesforum #muzokaralar #kelishuvlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Chelyabinsk shahridagi "Agromaksurala" kompaniyasida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasidagi tajribasi bilan tanishdi. Shuningdek, kompaniya rasmiylari va viloyatimiz tadbirkorlarining ikki tomonlama uchrashuvlari o‘tkazildi.

Muzokaralar yakunida Surxondaryo tomonidan "Pomir agro klaster" MChJ va Chelyabinsk tomonidan "Agromaksurala" kompaniyasi hamkorligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, kartoshka yetishtirish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Loyiha doirasida vohamizning kartoshkaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, tadbirkorlarimiz uchun yangi imkoniyatlarni yaratish maqsadida Chelyabinsk viloyatidan 20 ming gektar unumdor yer maydoni ajratiladi.

Yer maydoni bosqichma bosqich ajratib boriladi hamda kartoshka yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Yetishtirilgan mahsulotlar vohamiz ehtiyojiga qarab bozorlarimizga yo‘naltiriladi.

#Surxondaryo #Chelyabinsk #muzokaralar #kelishuvlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X