Bugun Termiz xalqaro aeroportida vohalik bo‘lajak hojilarni “Haj” safariga kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, muborak safarga otlangan surxondaryoliklarga oq yo‘l tiladi.
Yurtimizda yildan yilga “Haj” ziyoratiga boruvchi fuqarolarimiz uchun qulayliklar va sharoitlar yanada yaxshilanib, O‘zbekistonliklar uchun ajratilgan kvotalar soni ham ortib bormoqda. Xususan, bu yil 768 nafar vohadoshlarimiz muborak safarga yo‘l olishdi.
Nuroniylarimiz davlatimiz tomonidan diniy sohada, xususan, Muborak “Haj” safarini ado yetish uchun yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirishdi. Safar oldidan o‘tkazilgan tadbirda diniy ulamolar, nuroniylar, safarga otlangan otaxonu-onaxonlar hamda tadbir ishtirokchilari yurt tinchligi va farovonligi, ziyoratchilarimizning safarlari bexatar bo‘lishini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.
#Surxondaryo #Haj2024 #Muboraksafar
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X