Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.3K photos
3.22K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun “Surxon arena” sport majmuasida viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” musobaqalarining taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan quyidagi jamoalarga kubok, medal hamda sertifikatlarni tantanali topshirdi.

Mini futbol bo‘yicha qiz bolalar o‘rtasida:
🥇-o‘rin – Qumqo‘rg‘on tumani 42-maktab jamoasi;
🥈-o‘rin – Boysun tumani 32-maktab jamoasi;
🥉-o‘rin – Termiz shahri 7-maktab jamoasi.


Futbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇-o‘rin – Sherobod tumani 27-maktab jamoasi;
🥈-o‘rin – Qumqo‘rg‘on tumani 24-maktab jamoasi;
🥉-o‘rin – Termiz tumani 36-maktab jamoasi.

Ma’lumot uchun, viloyat hokimi kubogini qo‘lga kiritgan jamoa maktabida sun’iy qoplamali futbol maydonchasi quriladi, 2-o‘rin sohibi bo‘lgan maktabning binosi va sport zali hamda 3-o‘rinni egallagan jamoa maktabida sport zali to‘liq ta’mirlab beriladi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun kunning ikkinchi yarmida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumaniga tashrif buyurib, “Sayxunobod” tajribasini joriy etish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Xususan, Namuna mahallasida “Termez water” MChJning ichimlik suvlarini qadoqlash sexi, Hakim bobo Qosimov hamda Qudratilla Tolipovlarning xonadonlarida issiqxonachilik, limonchilik, bog‘dorchilik, asalarichilik va parrandachilik faoliyatlari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2099

#Surxondaryo #Termezwater #Sayxunobodtajribasi #bandlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar va korxonalar faoliyati bilan tanishish maqsadida Muzrabot tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida g‘alladan bo‘shagan maydondan otaliqqa olingan yoshlarga yer ajratish hamda ko‘makka muhtoj, oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan xotin-qizlarga bug‘doy topshirish tadbirlari o‘tkazildi.

Shuningdek, Rossiyaning “Leto” kompaniyasi tasischiligidagi “Bless S.R” MChJ  qo‘shma korxonasi tomonidan 200 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxona, agrologistika markazi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish faoliyati bilan tanishildi. Karam va piyoz mahsulotlari yetishtiruvchi yirik dehqon xo‘jaliklari hamda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

"Navbahor" dehqon va chorva mollari bozoridagi sharoitlar ko‘zdan kechirilib, majmuani zamonaviy ko‘rinishga keltirish, hududni obodonlashtirish, sotuv nuqtalarini zarur sharoitlar bilan ta’minlash bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqib taqdimot qilish vazifasi yuklandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2100

#Surxondaryo  #yoshlargayer  #LETO  #bozor

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muzrabotga tashrif: yoshlarga yer, ehtiyojmand oilalarga bug‘doy tarqatish, mahsulot yetishtiruvchilar bilan uchrashuv hamda bozor bilan tanishuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz davlat universiteti – yetmish yoshda

Universitet dunyoning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlik qilib, yangi O'zbekistonning ilmiy qiyofasini shakllantirishda o‘z hissasini qo‘shmoqda. Oliygohda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida yaqin kelajakda dunyodagi TOP-1000 talik universitetlar reytingidan o‘rin olish maqsad qilingan.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda universitetda 22 mingdan ortiq talaba ta'lim oladi va 780 nafarga yaqin professor-o'qituvchilar faoliyat yuritadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Senat ishchi guruhining Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini sifatli ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash hamda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilishga oid vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2101

#Surxondaryo #Senat #urganish #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X