Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.3K photos
3.22K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Uzun tumani aholisi diqqatiga!

📆 Bugun, 1-iyun kuni soat 20:30 dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Uzun tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67

📲 Telegram:
(99) 482-00-77

📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida boshqarma va tashkilotlar mutasaddilari, axborot xizmatlari rahbarlari ishtirokida Termiz muhandislik-texnologiya institutida OAV vakillari hamda blogerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda vohamizda keng ko‘lamli islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan loyihalar, kelgusidagi rejalar xususida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, faollar tomonidan ko‘tarilayotgan murojaat va masalalarning hal etilishi, hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida tahlil qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2097

#Surxondaryo #OAV #faollar #ochiqmuloqot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda aholini tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlash ishlari bilan tanishdi.

Xususan, xorijiy investor “Afgon German Kompani” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan sog‘lomlashtirish markazi, “Saidjon Muhammadjon muzqaymoqlari” MChJning sutni qayta ishlash va muzqaymoq ishlab chiqarish korxonasi faoliyati hamda Jo‘yjangal mahallasida “Sayxunobod” tajribasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2098

#Surxondaryo #soglomlashtirishmarkaz #korxona #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X