Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov yoshlarning taklif va muammolarini o‘rganish maqsadida Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosi faollar zalida "Hokim va yoshlar" uchrashuvida ishtirok etdi. Unda yoshlarni qiziqtirgan masalalar, o‘ylantirayotgan muammolari tinglanib, hal etish yuzasidan mutasaddilarga vazifalarni belgilab berildi.

Iqtidorli yigit-qizlar tomonidan o‘rtaga tashlangan qator taklif va tashabbuslar ham qo‘llab-quvvatlanib, amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahridagi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida yosh tadbirkorlar bilan uchrashib, Prezidentimizning “Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan viloyatdagi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan 40 mln dollardan maqsadli va samarali foydalanish masalasini muhokama qildi.

#Prezident  #yoshlar #uchrashuv  #sanoatzona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi delegatsiyamiz Xitoy Xalq Respublikasiga yetib bordi. Tashrifning birinchi kunida 9 ta kompaniya prezidentlari hamda vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Xususan, yer osti boyliklarini qazib olish, qayta ishlash, “City” qurish, sog‘liqni saqlash va muqobil energiya sohalarida hamkorlik, M-41 xalqaro magistral yo‘li hamda Amuzang-1 va Amuzang-2 kanallarini ta’mirlash, oqava suv tizimlarini yaxshilash, infratuzilma obyektlarini qurish, Urumchi-Termiz savdo uyini tashkil etish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, urug‘chilikni rivojlantirish, metalni qayta ishlash kabi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko'rib chiqildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining Xitoy provinsiyalari gubernatorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1782

#Surxondaryo #Xitoy #tashrif #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Termiz shahridagi “Azizbek” tantanalar saroyida viloyatimiz hududlaridan tashrif buyurgan nuroniy otaxonlar, davlat va jamoat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan faxriylar hamda yoshlar ishtirokida “Bir nuroniy o‘n nafar yoshga mas’ul” tamoyili asosidagi tadbir, keksa avlod hamda yoshlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yoshlarni mahalladagi hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, zamonaviy fikrlaydigan faol nuroniylarga biriktirish orqali ularni Vatanga sadoqat, Vatanparvarlik, odob-ahloq ruhida tarbiyalash ishlarini olib borish asosiy vazifalardan biri ekanligini, viloyatimizda bundan keyin ham keksalarni qadrlash va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar yanada kuchaytirilishini ta’kidladi.

Nuroniylar va yoshlar vakillari bilan bir piyola choy ustida suhbat qilinib, kelgusida ishlarni tashkil etish, uch avlod vakillari o‘rtasida mustahkam aloqani o‘rnatgan holda tizimli ishlar etilishi aytib o‘tildi.

San’atkorlarning Ona Vatan, do‘stlik, ezgulik, hamjihatlik, mehr-muhabbat va tinch-totuv hayotni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari barchada iliq taassurot o‘yg‘otdi. Yakunda nuroniylar yurtimiz tinchligi va ravnaqi hamda xalqimiz farovonligini tilab, duoga qo‘l ochishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1885

#Surxondaryo #nuroniylar #yoshlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi viloyat sektor rahbarlari yoshlarning muammo va murojaatlarini tinglash, ularni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida Denov tumanida 1 ming nafarga yaqin yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tumandagi harbiy qismlarning birida o‘tkazilgan uchrashuvda bo‘sh ish o‘rinlari mavjud korxona, tashkilot va idoralar mas’ullari hamda tadbirkorlik subyektlari ham ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari tinglandi. Ularning yechimi bo‘yicha mutasaddilarga aniq muddatlar bilan vazifalar yuklandi. Shuningdek, 400 nafardan ortiq ishlash istagida bo‘lgan yoshlarga ish beruvchilar tomonidan ish o‘rinlari taklif qilindi. Ushbu ish o‘rinlarida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning hayotda o‘z yo‘llarini topishida ko‘maklashish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1887

#Surxondaryo #yoshlar #uchrashuv #bandlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Hududni obodonlashtirish, daraxt va gul ko‘chatlari ekish, povilonlarni tasdiqlangan dizaynlar asosida tayyorlash ishlarini jadallashtirish topshirildi.

Shundan so‘ng, Termiz tumani “Navro‘z” mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida ajratilishi rejalashtirilgan 6 gektar yer maydoni ko‘zdan kechirildi. Yoshlar bilan o‘tkazilgan suhbat davomida yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1894

#Surxondaryo #Navruz #yoshlar #uchrashuv #yermaydonlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida Xitoy davlatining "Lihua Group" va "Kezhou Congling Industrial Co., Ltd" kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.

Uchrashuvda vohamizda qishloq xo'jaligi hamda tog'-kon sanoati yo'nalishlarida Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Batafsil: https://www.surxondaryo.uz/uz/blog/okimlik-yangiliklari/1905

#Surxondaryo  #Xitoy  #uchrashuv #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Xabar berganimizdek, vohamizning “Qiziriq” futbol klubi joriy yilda O‘zbekiston kubogi va UzPFLning 1-ligasida debyutant sifatida ishtirok etishmoqda. Vakillarimiz O‘zbekiston kubogining 2-turida poytaxtning “Bunyodkor” jamoasi bilan durrang o‘ynab, o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumaniga tashrifi avvalida “Qiziriq” futbol klubi o‘yinchilari va murrabbiylari bilan uchrashdi. Viloyat rahbari vohamizda ommaviy sport, xususan, futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasini ko‘rsatib berayotgan sportchilarga omadlar tiladi.

Shuningdek, mutasaddilarga futbol klubi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, sportchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha vazifalar topshirildi.

#Surxondaryo #futbol #QiziriqFC #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Rossiya Fanlar akademiyasining madaniy va tabiiy merosni o‘rganish va muhofaza qilish bo‘yicha Ilmiy kengashi a’zosi Aleksey Kylasovni qabul qildi.

UNESCOda xalqaro etno sport o‘yinlari va milliy yo‘nalish bo‘yicha ekspert bilan bo‘lgan uchrashuvda milliy madaniy meroslarimizni asrab-avaylash, xususan, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali nomoddiy merosi, “Uzundara” yodgorliklaridagi topilmalarni o‘rganish, shuningdek, etnosport sport o‘yinlarini asrab-avaylash, kelajak avlodlarga yetkazish hamda keng jamoatchilikka tanishtirish masalalari muhokama qilindi.

Ekspert viloyatimizga tashrifi davomida qator yodgorliklar hamda majmualar bilan tanishib, katta tassurrotlarga ega bo‘lganligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida Termiz davlat universiteti bilan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishilib olindi.

#Surxondaryo #Rossiya #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanida videokonferensaloqa orqali migratsiyadagi fuqarolar va ularning oila a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shuningdek, Bandixon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha taqdimotlar hamda Qiziriq tumani Xalqobod mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2041

#Surxondaryo #migratsiya #uchrashuv #taqdimotlar #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi delegatsiyasi bilan Surxondaryoda “Mehnat migratsiya xavfini kamaytirish” loyihasini amalga oshirish masalasida uchrashuv o‘tkazildi. O‘zbekiston qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkilotida o‘tkazilgan uchrashuvda viloyat hokimining o‘rinbosari, davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Loyihaga ko‘ra qariyb 820 mln so‘m mablag‘ evaziga viloyatimizning 3 ta tumanida har biri 4 sotixdan zamonaviy issiqxona qurish orqali 12 nafar, kasb-hunar va agrobiznesga o‘qitish orqali sertifikatga ega bo‘lgan 25 nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan. Loyiha doirasida afg‘onistonlik xotin-qizlar ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvda loyihani amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy va boshqa masalalar muhokama qilinib, hamkorlikda ishlarni olib borishga kelishilib olindi.

#Surxondaryo #Uchrashuv #XMT #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumani “Kakaydi” qo‘rg‘onidagi harbiy qismda “Ma’naviyat sektori” faoliyati bilan tanishib, viloyatdagi barcha mahallalarning Yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shuningdek, Qoraqursoq mahallasida avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi hamda “Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2106

#Surxondaryo #yoshlar #uchrashuv #manaviyatsektori

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Termiz muhandislik-texnologiya institutida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 56 nafar tadbirkorning 64 ta murojaat, taklif va tashabbuslari tinglandi va atroflicha o‘rganildi.

❗️Eslatma: Tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, yangi taklif va tashabbuslar yuzasidan telegram guruhi va @surxondaryo_tadbirkorlari_bot telegram boti hamda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qoldirishlari mumkin:

☎️ (76) 225 09 59;
☎️ (76) 225 09 45;
☎️ (76) 225 10 84;
☎️ (76) 225 10 85.

Uchrashuv haqida batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2114

#Surxondaryo #tadbirkorlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ishlar natijadorligi va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz muhandislik-texnologiya instituti binosida yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2121

#Surxondaryo #yoshlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun kunning ikkinchi yarmida Sho‘rchi tumaniga tashrif buyurib, Guliston mahallasida “Uychi tumani tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, tumanda turizm va yoshlar ko‘chalarini tashkil etish bo‘yicha tayyorlangan taqdimotlar ko‘rib chiqildi.

Mahalla hududidagi 14-sonli maktabning yangi o‘quv yili va kuz-qiz mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi. Tashrif yakunida viloyat hokimining yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2137

#Surxondaryo #bandlik #yoshlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Ozarbayjon delegatsiyasi bilan yo‘l qurilishi loyihalari muhokama qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Ozarbayjonning “Kaspian kapital grup” kompaniyasi asoschilari Elxan Pashayev va Taxir Iskandarov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda, shuningek, Ozarbayjonning “Aztimont” va “Tovuz-Baltiya” korxonalari rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Dastlab, avvalgi uchrashuvlarda kelishilgan loyihalarning borishi yuzasidan ma’lumot berildi. Xususan, vohamizda ozarbayjonliklar bilan hamkorlikda anor sharbati ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilganligi qayd etildi.

Shundan so‘ng, kelgusidagi hamkorlik rejalari, xususan, viloyatimiz hududida pullik yo‘l qurish loyihasi muhokama qilindi. Viloyat rahbari yo‘l qurilishida Ozarbayjon kompaniyalarining katta tajriba va salohiyatga ega ekanligi ta’kidlab, bu boradagi hamkorlikdan mamnunligini bildirdi.

Shuningdek, tomonlar yo‘l qurilishi loyihasini mutaxassislarni jalb qilgan holda texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, loyiha takliflarini taqdimotga tayyorlashga kelishib olishdi.

#Surxondaryo  #Ozarbayjon  #uchrashuv  #muzokara  #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovа va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida ta’lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchilar hamda faxriy ustozlar bilan muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda samarali faoliyat yuritayotgan 6 nafar o‘qituvchilarimiz “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan, faol o‘qituvchilar hamda iqtidorli o‘quvchilar, ularning ota-onalari tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Surxondaryoda ta’lim tizimini rivojlantirish, maktablarni zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlashdagi sa'y-harakatlari uchun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2144

#Surxondaryo #talim #ustozlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi vohamiz delegatsiyasi Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga tashrif buyurdi.

Dasturga ko‘ra Chelyabinsk va Novosibirsk viloyatlarida biznes forumda ishtirok etish, ikki tomonlama uchrashuvlar, loyihalar yuzasidan muzokaralar, kelishuvlarni imzolash tadbirlari, yirik ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi korxonalari, logistika markazlari hamda diqqatga sazovor joylar bilan tanishuvlar rejalashtirilgan.

Bugun dasturga muvofiq Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Chelyabinsk gubernatori Aleksey Tekslerning tomonlar mutasaddilari hamda ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi hamda qator kelishuvlarga erishildi.

Muloqot yakunida viloyatimiz hokimi Chelyabinsk gubernatori va tadbirkorlarni Surxondaryoga amaliy tashrif bilan borishga taklif qildi.

#Surxondaryo #Chelyabinsk #uchrashuv #muzokalar #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Novosibirsk viloyatiga tashrifi doirasida amaliy tadbirlar boshlandi. Bugun viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov va Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikovning kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlarning tarmoq va sohalar mutasaddilari hamda ishbilarmon doira vakillari o‘zaro hamkorlik aloqalarining yangi yo‘nalishlari, istiqbolli loyihalar hamda mavjud imkoniyatlar yuzasidan taqdimotlari ko‘rib chiqildi va ma’ruzalari tinglandi. Ikki viloyat rahbari ham O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlarining say-harakatlari bilan ikki mamlakatning strategik hamkorlik aloqalari yangi bosqichda rivojlanib borayotganini qayd etishdi.

Tadbir yakunida Surxondaryo viloyati hokimligi va Novosibirsk viloyati hukumati o‘rtasida hamkorlik qilish bo‘yicha anglashuv memorandumi hamda ushbu memorandumni ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Delegatsiyamizning Novosibirsk viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

#Surxondaro #Novosibirsk #uchrashuv #hamkorlik #memorandum

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Novosibirsk viloyatiga tashrifi davomida «Vosxod» non mahsulotlari ishlab chiqarish kompaniyasi faoliyati bilan ham tanishdi. Sohada 80 yillik tajribaga ega kompaniya har kuni Novosibirskning 1 200 ta aholi punktiga non va non mahsulotlarini yetkazib beradi hamda hududdagi umumiy bozorning 30 foizdan ortig‘ini o‘z mahsulotlari bilan ta’minlaydi.

Delegatsiyamiz a’zolari ishlab chiqarish jaaryonlari bilan tanishuvdan so‘ng hozirda Novosibirsk viloyatida bo‘lib turgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda migrantlarning yashash sharoitlari, ular uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda mavjud muammolar yuzasidan suhbat qilindi. Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Surxondaryo viloyati filiali boshlig‘i migrantlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, yurtimizda migratsiyadan qaytgan fuqarolarimizni band qilish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

#Surxondaro #Novosibirsk #yurtdoshlar #uchrashuv #Vosxod

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X