Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov belgilab berilgan topshiriqlarga asosan vohamizning har bir hududidan tanlab olingan og‘ir toifadagi mahallalarda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini tashkil etish, tumanlarda energiya tejamkorligi borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda turar joylar massivlarining qurilishi bilan tanishish maqsadida Termiz, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘ldi.

Xususan, ushbu tumanlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlari, ijtimoiy soha obyektlari qurilishi, og‘ir hudud sifatida tanlab olingan mahallalarda tajriba tariqasida tashkil etilgan BSK faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, hududlarda elektr va gaz ta’minoti korxonalari mutasaddilarining energotejamkorlik masalasida olib borayotgan ishlari hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan taqdimotlari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2132

#Suxondaryo #massivlar #turarjoylar #BSK #qurilish #energotejamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X