Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
33.2K photos
3.31K videos
1 file
14.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi bandligini ta’minlash ishlarining borishi, mahalla “yettiligi” faoliyati hamda yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida yangi yerlarni foydalanishga kiritib, poliz mahulotlari yetishtirish, “kasanachilik” orqali har xil to‘qima mahsulotlar ishlab chiqarish, issiqxonachilik, nodavlat ta’lim markazida koreys tili o‘qitish, muzqaymoq hamda non va non mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatlari bilan tanishdi. Mahalla binosi foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, “Qum teks invest” MChJning mato to‘quv va bo‘yash loyihasi qurilishi ko‘zdan kechirildi. Mutasadilar “Termiz Jayxun Klaster” MChJning faoliyatini moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi” loyihasi yuzasidan taqdimot qilishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2036

#Surxondaryo #Sayxunobodtajribasi #loyihalar #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Boysun_bahori

No comment | Mohir chavondozlar bahslari va otlar dupuriga boy bo‘lgan uloq-ko‘pkari musobaqasi o‘tkazildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Qumqo‘rg‘on tumani hokimligida viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, kreditlarni qaytarishda muammolari bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari va tijorat banklari rahbarlari ishtirokida mavjud muammolar hamda kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilmaslik sabablarini o‘rganish maqsadida muhokama o‘tkazildi.

Viloyat rahbari muammoli krediti mavjud tadbirkorlar bilan suhbat o‘tkazib, tijorat banklari va boshqa mutasaddilarning axborotlarini tingladi. Hududlar rahbarlari, mutasaddilar va tijorat banklariga tadbirkorlar bilan ishlab, ularning muammolarini hal etish, faoliyatini sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish topshirildi hamda tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalangan holda kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Qaytarilgan kredit mablag‘lari yana yangi loyihalarni moliyalashtirishga, ish o‘rinlari yaratishga, pirovardida aholimizning bandligini ta’minlab, turmush farovonligini yaxshilashga yo‘naltirilishi qayd etildi.

#Surxondaryo #tadbirkorlik #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoy milliy kimyoviy muhandislik va qurilish korporatsiyasi Seven Ltd vitse-prezidenti Xuan Syanchjunni qabul qildi.

Uchrashuvda kompaniya bilan kelgusida hamkorlik yo‘nalishlariga mos, hozirda ishga solinmagan vohamizning imkoniyatlari, istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot berildi. O‘z navbatida mehmonlar kompaniya faoliyati haqida axborot berishdi.

Shuningdek, viloyatimiz delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davomida mazkur kompaniya bilan imzolangan shartnomani, xususan, kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish majmuasini tashkil etish loyihasini amalga oshirishning texnik va iqtisodiy tomonlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish, kelgusida boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishilib olindi.

#Surxondaryo #Xitoy #delegatsiya #qabul

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 "Boysun bahori" xalqaro folklor festivalining taqdirlash marosimi konsert dasturi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
❗️ O‘zbekistonda 9-may - Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.

Bu haqda Prezidentning tegishli Farmoni qabul qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
UzA | Boysunda eng abjir chavandozlar yig‘ildi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida o‘tkazilayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida milliy qadriyatlarimizning bir bo‘lagi, to‘yu tantanalarimiz bezagi bo‘lgan uloq-ko‘pkari musobaqasi ham tashkil etildi.

Dashtig‘oz qishlog‘i hududidagi adirlikda bo‘lib o‘tgan shiddatli bellashuvda yurtimizning eng chapdast chavandozlari qatnashib, qiziqarli ko‘ngilochar tomoshalarni tuhfa etdi. Kuchli, epchil, otlarining chopqirligi bilan chavandozlar muxlislariga o‘zgacha zavqu shavq ulashdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/596004

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X