Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
33.3K photos
3.31K videos
1 file
14.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Kurash bo‘yicha vazn toifalari g‘oliblariga sovrinlar topshirildi

Kecha “Boysun bahori” xalqaro festivali doirasida o‘tkazilgan kurash musobaqalarining erkaklar o‘rtasida 66 va 81 kg, ayollar o‘rtasida 63 kg hamda yoshlar o‘rtasida 65 kg vazn toifalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Quyida vazn toifalari bo‘yicha g‘oliblar bilan tanishing:

63 kg vazn toifasida (ayollar):
🥇-o‘rin – Komila Qahhorova, Jarqo‘rg‘on tumani (5 mln so‘m);
🥈-o‘rin – Xurshida Abduvohidova, Termiz tumani (3 mln so‘m);
🥉-o‘rin – Ibodat Agajanova, Andijon viloyati (1,5 mln so‘m);
🥉-o‘rin – Xusnora Abdullayeva, Toshkent shahri (1,5 mln so‘m).

65 kg vazn toifasida (yoshlar):
🥇-o‘rin – Ilyos Egamberdiyev, Oltinsoy tumani (5 mln so‘m);
🥈-o‘rin – Mirzohid Xudoyqulov, Termiz shahri (3 mln so‘m);
🥉-o‘rin – Elbek Tog‘ayev, Boysun tumani (1,5 mln so‘m);
🥉-o‘rin – Jo‘rabek Jovmatov, Sherobod tumani (1,5 mln so‘m).

66 kg vazn toifasida (erkaklar):
🥇-o‘rin – Botir Ziyodullayev, Qashqadaryo viloyati (5 mln so‘m);
🥈-o‘rin – Sardor Xurramov, Denov tumani (3 mln so‘m);
🥉-o‘rin – Akobir Qurbonov, Termiz tumani (1,5 mln so‘m);
🥉-o‘rin – Sarvar Abdushukurov, Tojikiston (1,5 mln so‘m).

81 kg vazn toifasida (erkaklar):
🥇-o‘rin – Shuxrat Normurodov, Boysun tumani (5 mln so‘m);
🥈-o‘rin – Jamshid Yo‘ldoshev, Andijon viloyati (3 mln so‘m);
🥉-o‘rin – Javlon Namozov, Qashqadaryo viloyati (1,5 mln so‘m);
🥉-o‘rin – Abdulla Amirov, Termiz tumani (1,5 mln so‘m).

G‘oliblarga pul mukofotlari sertifikatlarini mutasaddilar hamda kurash faxriylari tantanali topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 "Boysun bahori" xalqaro folklor festivali!
〰️〰️〰️

🇷🇺 Международный фольклорный фестиваль «Бойсун бахори»!
〰️〰️〰️

🇬🇧 International Folklore Festival "Boysun bahori"!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏇 Uloq-ko‘pkari musobaqalari tomoshasiga marhamat!

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida, ertaga, 6-may kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha Boysun tumani Dashtig‘oz mahallasi hududidagi adirliklarda murosasiz bahslarga boy bo‘lgan uloq-ko‘pkari musobaqasi o‘tkaziladi.

Unda yurtimizning barcha hududlari hamda qo‘shni davlatlardan chavondozlar ishtirok etadi.

🏵 Musobaqaning sovrin jamg‘armasidan 5 ta tuya, 5 ta ot, 5 ta ho‘kiz, 20 ta qo‘y, 4 ta sarka hamda 20 ta televizor mukofotlari o‘rin olgan.

Chabog‘onlarning shiddatli bellashuvi hamda otlar dupuriga boy musobaqalari tomoshasiga barcha ixlosmandlarni taklif etamiz.

📍Manzil: Geolokatsiya

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Birdamlik mahallasida topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 1-may kuni Bandixon tumani Birdamlik mahallasida topshiriqlar ijrosi bilan tanishib, “Sayxunobod tajribasi”ni namunali joriy etish bo‘yicha vazifalarni belgilab bergan edi. Bugun viloyat rahbari berilgan topshiriqlar ijrosi hamda loyihalar taqdimoti bilan tanishish maqsadida ushbu mahallaga tashrif buyurdi.

Dastlab, mahalla bo‘ylab yurilib, ko‘chalarni obodonlashtirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar, aholining tomorqadan samarali foydalanish tajribasi bilan tanishildi. Shuningdek, mahalla markazida tuman hokimi Bandixonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarni taqdimot qildi.

Viloyat rahbari tuman mutasaddilariga Birdamlik mahallasida ishlarni namunali tashkil etish, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini iqtisodiy kompleks mas’ullari bilan puxta ko‘rib chiqish, istiqbolli loyihalarni tanlab olib, amalga oshirish vazifalarini belgilab berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Boysun bahori" xalqaro folklor festivali ochilish marosimi konsert dasturi

📹 To‘liq HD formatda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
📊 Surxondaryoda qancha sut ishlab chiqarildi?

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 149,9 ming tonna sut (2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 3,6 foizga ko‘p) ishlab chiqarildi.

📍Viloyat hududlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan sut hajmi, tonnada:

Denov - 24 372;
Qumqo‘rg‘on - 18 301;
Uzun - 15 915;
Sariosiyo - 13 329;
Jarqo‘rg‘on - 12 434;
Sherobod - 12 329;
Muzrabot - 10 235;
Sho‘rchi - 10 210;
Angor - 9 406;
Termiz - 7 648;
Boysun - 5 651;
Qiziriq - 4 599;
Bandixon - 3 096;
Oltinsoy - 1 989;
Termiz sh – 433.

🥛Sut ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, umumiy hajmdan 95,3 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
🏇 Ayni vaqtda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida Boysun tumani Dashtig‘oz mahallasida chavandozlar, chopag‘onlikda tengsiz dongdor otlar ishtirokida uloq-ko‘pkari musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Barchani bugun soat 16:00 ga qadar davom etadigan qiziqarli bahslar tomoshasiga taklif etamiz.

📍Geolakatsiya

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qumqo‘rg‘on tumanida "Sayxunobod tajribasi" asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
«O‘zgidromet» tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berdi

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 9-12-may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

📞 Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini, toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelgan taqdirda tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter