Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishlab chiqarish korxonalari faoliyati va mavjud muammolarini o‘rganish hamda yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishish maqsadida Sherobod, Jarqo‘rg‘on va Termiz tumanlariga tashrif buyurdi.

Dastlab, Sherobod tumanida “Sherobod tekstil invest” MChJning ip-kalava ishlab chiqarish loyihasidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi o‘rganildi. Mas’ullarning axborotlari tinglandi. Masalalarni qisqa muddatda hal etib, loyihani ishga tushirish topshirildi. Shuningdek, tumanga tashrif davomida “Sherobod ko‘p tarmokli savdo kompleksi” MChJning savdo majmuasi loyihasidagi qurilish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Viloyat rahbari hududlarga tashrifini Jarqo‘rg‘on tumanida davom ettirib, “Alpomish un tegirmoni” un ishlab chiqarish korxonasi va “Surxonsementinvest” MChJ XKning sement ishlab chiqarish loyihalaridagi muammolarni o‘rgandi. Ikkala loyihada ham muammolarni hal etish, mavjud imkoniyatlarni ishlab solish, mahsulot ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘yish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Hududlarga tashrif so‘ngida Termiz tumanida “Solar nature” MChJning foto elektr stansiyasi loyihasi qurilishiga start berildi. Qiymati 8 mln dollar bo‘lgan loyiha doirasida yillik elektr energiya generatsiyasi 15,3 GVtni tashkil etadi hamda 25 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi.

#Surxondaryo #korxonalar #loyihalar #Solarnature #start

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter