Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Viloyat hokimi joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Boysun bahori” xalqaro festivaliga tayyorgarlik jarayonlari, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Mas’ullar amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar yuzasidan hisobot berishdi. Festival o‘tkazilishi rejalashtirilgan turizm kompleksidagi qurilish-ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish, barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlash hamda tashrif buyuruvchilar uchun mehmonxona, transport, ovqatlanish va boshqa xizmat ko‘rsatish turlarini sifatli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1802

#Surxondaryo #Boysunbahori #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrif buyurib, avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha loyihalar taqdimoti, ishlarning borishi, “Boysun bahori” festivaliga tayyorgarlik jarayonlari hamda kasb-hunar maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Viloyat hududidan o‘tuvchi 4R-105 “Darband-Boysun-Elbayon” va 4R-100 “Mang‘uzor-Jarqo‘rg‘on-Bandixon-Oltinsoy-Denov” avtomobil yo‘lida rekonstruksiya ishlarini sifatli amalga oshirish, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi. Tumandagi 1-son kasb-hunar maktabida nemis tilini o‘qitish, IT dasturlash va grafik dizayn kurslarida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbat qilinib, “Hunarmandchilik markazi” faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Ma’lumot uchun, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali joriy yil may oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1830

#Surxondaryo #Boysunbahori #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida bo‘lib, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o‘tkaziladigan kompleksga boruvchi yo‘llar qurilishi, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash ishlari hamda viloyat, shahar va tumanlar o‘tovlari, markaziy va qo‘shimcha sahnalar joylashuvi, transportlar to‘xtash joyi, mahalliy va xorijiy turistlarning kelib-ketishi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Tuman markazida xizmat ko‘rsatish sohasida, jumladan, umumiy ovqatlanish joylari hamda mehmonxonalar qurilishi, avtomobil yo‘llari va piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha puxta tayyorgarlik ko‘rish, xizmat ko‘rsatish sifatini belgilangan standart talablari darajasida bo‘lishini ta’minlash vazifasi topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1862

#Surxondaryo #Boysunbahori #xalqaro #festival

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida bo‘lib, “Boysun bahori” xalqaro festivaliga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi, qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi. Shuningdek, tuman markazidagi 10 ta mahallada infratuzilmani yaxshilash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Hozirda tuman markazidagi yo‘llarda piyodalar uchun qulayliklar yaratish, tumanning markaziy ko‘chasida 3 km avtomobil yo‘lini asfatlash, suv yo‘li ariqlari va mavjud savdo do‘konlarini ta’mirlash, shuningdek, avtoturargoh qurilishi amalga oshirilmoqda. Shuningdek, tuman markazi va unga yondosh 10 ta mahalladagi 24,4 km asosiy avtomobil yo‘llarida asfaltobeton qoplamasi yotqizish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Tashrif davomida viloyat hokimi mutasaddilar bilan “Gaza” mahallasida bo‘lib, aholi turmush sharoitlari hamda mahalla infratuzilmasi bilan tanishdi. Yangi maktab qurish uchun joy tanlanib, mas’ullarga tegishli vazifalar topshirildi. Viloyat rahbari tomorqadan samarali foydalanayotgan, yomg‘ir suvini jamlab, tomchilatib sug‘orish va energotejamkor usullarda issiqxonasida mahsulot etishtirayotgan dehqonlar faoliyati bilan tanishib, ularning tajribasini ommalashtirish topshirig‘ini berdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1899

#Surxondaryo #Boysunbahori #Gaza #maktab #issiqxona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun hududlarga tashrifini Boysun tumanida davom ettirib, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlari, maktab, oilaviy bog‘cha faoliyati, mahalla “yettiligi” va mutasaddilarning taqdimotlari bilan tanishdi.

Qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mutasaddilar, shahar va tumanlar hokimlarining mas’ul o‘rinbosarlarining axborotlari tinglandi. Ularga massivlar va loyihalar qurilishini muddatida, sifatli amalga oshirish vazifasi topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1934

#Surxondaryo #Boysunbahori #maktab #bogcha #yettilik #taqdimot #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov "Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlarining borishi bilan tanishish maqsadida Boysun tumaniga tashrif buyurdi. Turizm kompleksida yakuniy bosqichda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi va tez kunlarda ishlarni to‘liq yakunlash lozimligi qayd etildi.

Shuningdek, soha mutasaddilari bilan festivalning badiiy va ko‘rgazmali dasturlariga tayyorgarlik jarayonlari, sahna bezaklari, kiyimlar, o‘tovlarning milliy urf-odatlar bilan bezatish uchun tanlab olingan namunalar taqdimot qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1986

#Surxondaryo #Boysunbahori #folklor #xalqarofestival

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Ayni kunlarda ko‘hna Boysun tumanining Bibishirin mahallasida bunyod etilgan turizm kompleksida har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun festivalning ikkinchi kunida asosiy tadbirlar boshlandi. Shu munosabat bilan xorijiy hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlarga xalqaro festivalning yetti kunlik dasturidan o‘rin olgan tadbirlar, ularning bo‘lib o‘tish vaqtlari, joylari hamda boshqa tashkiliy masalalar yuzasidan ma’lumot berish maqsadida festival matbuot markazida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Media tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev, viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari Murodbek Davlatov, viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Normurodov hamda AOKA viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Zahiriddin To‘rayev ishtirok etdi.

Mutasaddilar anjuman ishtirokchilariga festival doirasidagi tadbirlar yuzasidan ma’lumot berdi. Jurnalist va blogerlarning savollariga javoblar berildi hamda ularning taklif va tavsiyalari tinglandi.

Ma’lumot uchun, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalida 10 dan ortiq xorijiy OAV va internet nashrlari vakillari ishtirok etmoqda.

#Surxondaryo #Boysunbahori #matbuotanjumani

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov xorijiy mehmonlar hamda vohamiz faollari bilan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali tadbirlari o‘tkazilayotgan turizm kompleksiga tashrif buyurdi.

Viloyat rahbari mehmonlar hamrohligida Termiz shahri va tumanlar hamda oliy ta’lim muassasalari qo‘rg‘onlari, milliy taomlar va hunarmandchilik ko‘rgazmalari bilan tanishdi.

Shuningdek, turizm kompleksi hududidagi mehmonxonaning ochilish marosimi ham o‘tkazildi.

Ayni vaqtda "Boysun bahori" xalqaro folklor festivalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

#Surxondaryo #Boysunbahori #ochilish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Boysun tumani Bibishirin mahallasidagi turizm kompleksining markaziy amfiteatrida bo‘lib o‘tayotgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni xalqaro festival tantanalari bilan qutladi.

Viloyat rahbari o‘z so‘zida "Boysun bahori" festivali insoniyat madaniy merosining qimmatbaho boyliklaridan biri ekanligi hamda bu festival xalqimizning milliy qadriyat va an’analarini asrab-avaylashga, kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Xalqaro festivalning rasmiy tantanalari ochiq deb e’lon qilindi. Ayni vaqtda poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar, vohamizning folklor jamoalari ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, festival tadbirlari joriy yil 7-may kuniga qadar davom etadi.

#Surxondaryo #Boysunbahori #ochilish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter