Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida mavjud bo‘sh binolardan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi hamda mutasaddilar bilan yirik loyihalarni amalga oshirish, eksport qiluvchi va chakana savdo korxonalarining faoliyatini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, “At-Termiziy” mahallasida yashovchi Sharofat Maxmudovaning xonadonida “Sayxunobod tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechrildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2017
#Surxondaryo #obyektlar #taqdimot #muhokama #Sayxunobodtajribasi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbarining topshirig‘i bilan bugun “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali O‘zbekiston Respublikasi nomidan birodar afg‘on xalqiga 170 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuki yetkazib berildi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Rimni alishmasman bedapoyangga..."
Bugun O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.
Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlog‘ida tug‘ilgan.
Uning “Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Iltijo” , “Uyqudagi qiz”, “Halima enam allalari”, “Ishq kemasi”, “Ko‘nglimda bir yor”, “Bevafo ko‘p ekan”, “Erka kiyik”, “Yolg‘onchi yor” kabi she’riy to‘plamlari, saylanmalari nashr etilgan.
1998-yilda Muhammad Yusufga “O‘zbekiston xalq shoiri” degan yuksak unvon berilgan.
Shoir 2001-yil 47 yoshida vafot etgan.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_OAV
Saudiya Arabistoni va Yaqin Sharq mintaqasining yetakchi ommaviy axborot vositalari "Boysun bahori" haqida yozmoqda
Jumladan, Saudiyaning "Adva al-Vatan" gazetasida, "Alharir.info" saytida, Turistik yangiliklar agentligining TNA_media24 Twitterdagi sahifasida va Iordaniyaning "Ammon News" gazetasida "Boysun bahori" festivaliga marhamat" sarlavhali maqolalar e’lon qilindi.
"Joriy yilning 1-7 may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Boysun bahori" xalqaro folklor festivali Boysun tumani "Bibishirin" mahallasida joylashgan turizm maskanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda xalqaro festivalning asosiy tadbirlari o‘tkaziladigan "Bibishirin" mahallasidagi zamonaviy turizm majmuasida folklor - etnografik jamoalarning chiqishlari, milliy sport o‘yinlari va boshqa turli tomoshalarni keng namoyish etish uchun barcha qulaylik yaratilmoqda", –deyiladi maqolalarda.
Nashrlarda festival doirasida infratuzilmalar holatini yaxshilash maqsadida Sherobod-Boysun yo‘nalishining M-39 xalqaro avtomagistrali yo‘lida namunaviy loyiha asosida 50 ta yengil konstruksiyali savdo rastalari, sanitariya gigiena shoxobchalari tashkil etilayotgani urg‘ulangan.

Axborot 24 | Yirik chorvachilik majmuasi qurilmoqda
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida qir-adirliklardagi 2 ming gektar yer maydonini o‘zlashtirish orqali chorvachilik kopmleksi va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Umumiy qiymati 197,6 mlrd so‘mlik ushbu loyiha doirasida 300 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida qir-adirliklardagi 2 ming gektar yer maydonini o‘zlashtirish orqali chorvachilik kopmleksi va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Umumiy qiymati 197,6 mlrd so‘mlik ushbu loyiha doirasida 300 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
#boysun_bahori
"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 5 kun qoldi.

Festival mehmonlarini yuqori saviyada kutib olishga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishildi
Joriy yil 1-7-may kunlari Boysun tumanida o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlari yakuniy bosqichda qizg‘in olib borilmoqda. Yigirmadan ortiq davlatlarning mashhur folklor jamoalari va o‘ndan ortiq xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda ko‘plab turistlar kelishi kutilayotgan festivalga tashrif buyuruvchilarni kutib olishga ham yuqori saviyada hozirlik ko‘rilmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz xalqaro aeroportida ayni tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi hamda festivalga tayyogarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan komissiyalar rahbarlarining axborotlarini tingladi.
Yetti kun davom etadigan festival doirasidagi tadbirlardan tashqari xorijiy va mahalliy sayyohlar hamda mehmonlarning vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida viloyatimizning diqqatga sazovor joylariga press-turlar, turli ko‘ngilochar tadbirlar, Boysunning hushmanzara tabiat maskanlarida dam olish uchun sharoitlar yaratish borasidagi ishlarni ham yakunlash vazifalari belgilandi.

Angor tumanida g‘o‘za va g‘alla parvarishi tadbirlarining borishi muhokama qilindi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Angor tumani “M.Azizov” hududidagi “Zamin Angor klaster” MChJ paxta maydonida, viloyat ishchi guruhi tomonidan g‘alla hamda g‘o‘za parvarishi tadbirlarining borishi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi.
Ishchi guruh o‘rganishlari davomida ko‘chat olingan bo‘lsada ayrim dalalarda o‘g‘itlash hamda agrotexnik tadbirlar talab darajasida tashkil etilmaganligi qayd etildi. Viloyat rahbari tanqid qilingan holatlarni bartaraf etish, agrotexnik tadbirlarni muddatida va sifatli amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab berdi.
Ma’lumot uchun, Angor tumanida 2024-yil hosili uchun 4 734 gektar maydonga chigit va 7 000 gektar maydonda g‘alla urug‘lari ekilgan.

TURKSOY delegatsiyasi “Boysun bahori” festivalida ishtirok etadi
Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY o‘z delegatsiyasi bilan joriy yil 1-7-may kunlari Boysun tumanida o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali ishtirok etishini ma’lum qildi.
Mazkur tashkilot, 1993-yilda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Turkiya o‘rtasidagi kelishuvga asosan tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda tashkilotga 13 mamlakat a’zo.
Ma’lumot uchun, hozirga qadar “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalida Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Ruminiya, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston kabi 20 ga yaqin davlatdan mashhur folklor jamoalari ishtirok etish istagini bildirishgan hamda takliflar kelishda davom etmoqda.

Avf etilganlar ijtimoiy hayotga yo‘naltirilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoevning “Ramazon hayiti” bayrami munosabati bilan “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga Surxondaryo viloyatidan ham 24 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalardan ozod etilib, yashash manzillariga qaytgandi.
Shu munosabat bilan bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi viloyat sektor rahbarlari afv etilganlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Viloyat rahbari afv etilgan fuqarolarga xalqimizga xos bag‘rikenglik fazilatini namoyon etgan Prezidentimizning ishonchini oqlab, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlarning faol ishtirokchisi bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
Mutasaddilarga afv etilganlarni ijtimoiy moslashtirish, moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, salomatliklarini tiklash, ishga joylashtirish va shu kabi boshqa ijtimoiy, hayotiy va moddiy masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish vazifasi topshirildi.