Surxondaryo viloyati hokimligi
24.7K subscribers
32.1K photos
3.19K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumanida o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini tingladi hamda muammolarini hal etish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Viloyat rahbari bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, o‘qish va kasb-hunar egallashi uchun yaratib berilayotgan imkoniyat hamda imtiyozlar haqida to‘xtalib, yoshlardan ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanishni so‘radi.

Uchrashuv yakunida ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida subsidiya asosida asbob-uskunalar berilishi belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tavallo, Qodiriy, Cho‘lponlar qayda?
Hamzaxonlar qayda, Usmonlar qayda?
Og‘iz juda katta, yuraklar mayda,
Jadidlar yetishmayapdi, jadidlar...

📹 Rolik Termiz shahridagi 26-sonli maktab o‘quvchilari ishtirokida tayyorlangan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyatimiz delegatsiyasi Afg‘onistonga jo‘nab ketdi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston xalqi nomidan birodar afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yetkazish maqsadida Afg‘onistonning Balx viloyatiga jo‘nab ketdi.

Jami 8 ta yuk mashinasiga ortilgan insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 ming litr o‘simlik yog‘i, 10 ming dona konservalangan go‘sht, 24 tonna shakar va 22 tonna makaron mahsulotlari hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan qadoqlangan lag‘mon paketlari o‘rin olgan.

Shu munosabat bilan bugun Hayratonda ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tashrifning keyingi tafsilotlari haqida axborot berib boramiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
O‘zbekistondan afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi

Prezidentimizning topshirig‘iga asosan, afg‘on xalqiga 169 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuklari karvoni “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi.

Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 tonna o‘simlik yog‘i, 10 ming 80 dona konservalangan go‘sht mahsulotlari (tushyonka), 22 tonna makaron, 24 tonna shakar hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan lapsha (Hot lanch) o‘rin olgan.

Shu munosabat bilan Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazining o‘rinbosari Erkin Hamrayev va Afg‘onistonning Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo hamda ikki tomon rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan Balx viloyati rasmiylari Prezidentimiz va xalqimizga og‘ir paytda ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirishdi. Birodar ikki xalqqa farovonlik tilab duolar qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
#Xorijiy_OAV

"Boysun bahori" jahon OAV nigohida

Janubiy Koreyada chop etiladigan "UN Journal" jurnali saytida joriy yilning 1-7-may kunlari Surxondaryo viloyatida bo'lib o'tadigan "Boysun bahori" festivaliga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi.

"Festivalning aynan Boysunda o'tkazishning ham o'ziga xos chuqur ma'nosi bor. Asrlar davomida ajdodlarining ma'naviy-madaniy merosini asrab-avaylashga muvaffaq bo'lgan ushbu go'zal go'sha YUNESKO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro'yxatiga kiritilgan" – deya ta'kidlangan maqolada.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | Afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami topshirildi

Prezidentimizning topshirig‘iga muvofiq bugun “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali afg‘on xalqiga qariyb 170 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuki qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi.

Qo‘shni mamlakatga yetkazilgan zarur mahsulotlar Hayraton shahridagi “Astras” kompaniyasi hududida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Erkin Hamrayev hamda Afg‘onistonning Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo hamda ikki tomon rasmiylari ishtirokida topshirildi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/592301

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo delegatsiyasi Xitoyda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning topshirig‘iga asosan, viloyat hokimi o‘rinbosari Sherali Jo‘rayev boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillari, turli soha mutasaddilari hamda hudud rahbarlaridan tarkib topgan 150 nafar viloyatimiz delegatsiyasi a’zolari ayni paytda Xitoyning Urumchi shahrida bo‘lib turibdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Urumchi shahridagi "AIMEIDA" savdo uyida Surxondaryo viloyatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasini tashkil etish, fan-texnika yutuqlari bilan tanishish va zamonaviy texnologiyalarni yurtimizga olib kirish hamda vohamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun yangi bozorlar topishdan iborat.

Ayni vaqtda viloyatimiz uchun ajratilgan pavilonda ko‘rgazmaga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Shuningdek, tashrif davomida delegatsiyamiz Xitoyning Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar va muzokaralarda ham ishtirok etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter