Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov shahar va tumanlar hokimliklaridagi studiyalar orqali 1 ming 500 nafar fuqaro bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.

Dastlab, viloyat rahbari ishtirokchilarni kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan tabriklab, o‘tgan bir yil davomida aholi murojaatlarini hal etish, turmush farovonligini oshirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, yechimi yuzasidan mutasaddilar ishtirokida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

#Qosimov #qabul #murojaatlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida hududiy studiyalar orqali navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi.

Hududiy studiyalar orqali tadbirkorlarning kredit ajratish, olingan kredit muddatini uzaytirish, soliq, subsidiya, undiruv, kadastr va yer maydonlari bilan bog‘liq turli masalalardagi murojaatlari qabul qilinib, ijrosi bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1888

#Surxondaryo #tadbirkorlar #qabul #murojaatlar #yechim

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Pokiston va Xitoy davlatidan tashrif buyurgan delegatsiyalarni qabul qildi.

Uchrashuvlarda pokistonliklar bilan logistika, qurilish, transport, quyosh panellari o‘rnatish kabi loyihalar, xitoylik tadbirkorlar bilan vohamizda tog‘-kon sanoati sohasida o‘zaro hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida ikki davlat delegatsiyalari bilan ham kelgusida o‘zaro hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1936

#Surxondaryo #Pokiston #Xitoy #delegatsiyalar #qabul

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Polsha davlatining “Polsha-Osiyo” Savdo palatasi prezidenti Yanush Pexochinski boshchiligidagi delegatsiya Termiz shahriga tashrif buyurdi. Mehmonlar dastlab, “Al Hakim At-Termiziy” majmuasi bilan tanishishdi.

Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanidagi “Termiz xalqaro savdo markazi”da Polsha delegatsiyasini qabul qildi. Kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomon mas’ullari, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2034

#Surxondaryo #Polsha #delegatsiya #tashrif #qabul

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoy milliy kimyoviy muhandislik va qurilish korporatsiyasi Seven Ltd vitse-prezidenti Xuan Syanchjunni qabul qildi.

Uchrashuvda kompaniya bilan kelgusida hamkorlik yo‘nalishlariga mos, hozirda ishga solinmagan vohamizning imkoniyatlari, istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot berildi. O‘z navbatida mehmonlar kompaniya faoliyati haqida axborot berishdi.

Shuningdek, viloyatimiz delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davomida mazkur kompaniya bilan imzolangan shartnomani, xususan, kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish majmuasini tashkil etish loyihasini amalga oshirishning texnik va iqtisodiy tomonlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish, kelgusida boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishilib olindi.

#Surxondaryo #Xitoy #delegatsiya #qabul

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirligining vakili Soboslai Zoltan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda keyingi yillarda O‘zbekiston va Vengriya davlatlarining o‘zaro hamkorlik aloqalari yangi bosqichda davom etayotganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Vengriya kompaniyalari bilan Surxondaryoda amalga oshiriladigan loyihalar, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Mehmonlarga vohamizning investision salohiyati, ishga solinmagan imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Muzokaralar yakunida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, yangi loyihalarni ishlab chiqish, xususan, 5 ming boshli chorvachilik kompleksi, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash hamda bolalar ozuqasi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ikki kunlik tashrif bilan kelgan delegatsiya vohamizning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishi hamda Xalqaro erkin savdo markazi, chorvachilik va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari faoliyati tanishishi ko‘zda tutilgan.


#Surxondaryo #Vengriya #qabul #kelishuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoy Xalq Respublikasining “China Geo Engeniring” kompaniyasi direktori Van Lyu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Xalqaro darajada loyihalarni amalga oshiruvchi kompaniya qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va melloratsiya obyektlari qurish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi investision loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Xususan, Surxondaryo viloyati hududida yashil energiya ishlab chiqarish, zamonaviy massiv - shahar kompleksi hamda logistika va yo‘llar qurish loyihalari muhokama qilindi.

Tomonlar hamkorlikda yirik loyihalarni amalga oshirishdan mamnun ekanliklarini qayd etib, mutaxassislar ishtirokida taklif etilayotgan joylarni tanlash, loyihalarning texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga kelishib olishdi.

#Surxondaryo #Xitoy #qabul #muhokama #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X