Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk va Novosibirsk viloyatlariga tashrifini yakunlab, Termizga qaytib kelgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Sayxunobod” va “Uychi tumani” tajribalari asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Denov tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida turizm maskani tashkil etish loyihasining borishi ko‘zdan kechirildi. “Murojaatdan - daromadga” loyihasi doirasida Denov tumanida istiqomat qiluvchi 100 nafar ishsiz xotin-qizlarga tikuvchilik dastgohlari topshirish tadbirida ishtirok etildi.

Shuningdek, eshik-oyna romlari ishlab chiqarish, kompleks o‘g‘itlar yetkazib berish, mebel tayyorlash, gipsdan sun’iy gul bezaklari yasash, fasfud va yarim tayyor mahsulotlar tayyorlab sotish loyihalari hamda sport majmuasi faoliyati bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2150

#Surxondaryo #Sayxunobod #Uychi #loyihalar #bandlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X