Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun kunning ikkinchi yarmida viloyat rahbari Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlariga tashrif buyurib, bog‘dorchilik, ko‘chatchilik, issiqxonalar, kichik va erkin iqtisodiy zonalardagi loyihalar hamda “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlarining borishi, shuningdek, mahalla “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.

Mas’ullarga loyihalarni amalga oshirish hamda qurilish ishlarini jadallashtirish, ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlash hamda ko‘chatchilik ishlarini jonlantirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1994

#Surxondaryo #loyihalar #taqdimot #bogdorchilik #EIZ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat rahbari Jarqo‘rg‘on tumani “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining qurilishi, tuman markazini obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, Termiz tumani Ayritom mahallasida 54 gektar maydonda joylashgan “Termiz erkin iqtisodiy zonasi”da qurilayotgan loyihalar, Qahramon mahallasi hududida “Janub Surxon eksport” MChJ tomonidan faoliyatsiz issiqxonani tiklash, mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2040

#Surxondaryo #YangiUzbekiston #turarjoylar #EIZ #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanida zamonaviy issiqxona, sutni qayta ishlash korxonasi, mebel mahsulotlari ishlab chiqarish sexi, suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdi.

“Sayxunobod” tajribasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, Sebzor mahallasida tashkil etilgan baliqchilik loyihalari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, viloyat rahbari Tojikiston davlati bilan chegara hududida tashkil etilishi rejalashtirilgan erkin iqtisodiy zona uchun tanlab olingan maydonini ko‘zdan kechirdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2095

#Surxondaryo #issiqxona #korxona #inshoot #baliqchilik #EIZ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda yoshlar bilan ishlash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratish, yoshlar sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda taqdimotlar bilan tanishish maqsadida Denov tumaniga tashrif buyurdi.

Xususan, Qizilsuv daryosi o‘zanini tozalash, qirg‘oqlarini mustahkamlash, yoshlar sayilgohi tashkil etish ishlarining borishi, shuningdek, Yoshlar tadbirkorlik va sanoat zonasi hamda “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining Denov tumanidagi Ko‘zichoqli hududida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan ham tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2131

#Surxondaryo #yoshlarsayilgohi #sanoatzonasi #EIZ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X