Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov aholining issiqxonachilik, asalarichilik, chorvachilik va parrandachilikdagi tajribasi hamda korxonalar faoliyati bilan tanishish, shuningdek, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish ishlarini o‘rganish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1997

#Surxondaryo #issiqxonachilik #asalarichilik #bogzor #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish ishlarining borishi, savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish nuqtalari qurilishi hamda yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishish maqsadida Sherobod tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Sherobod ko‘p tarmokli savdo kompleksi” MChJning savdo majmuasi qurilishi, markaziy dehqon bozorida sotuvchi va xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, “Temur sement ta’minot” MChJning xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalari tashkil etish loyihasi bilan tanishildi.

Shuningdek, “Bog‘iobod” mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi xonadonlarida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2002

#Surxondaryo #tashrif #loyihalar #asalarichilik #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat rahbarining hududlarga tashrifi Bandixon tumanida davom etdi. Tumanning “Bandixon” mahallasida “Obod turmush shifo” MChJ tomonidan tashkil etilgan “Malham med” xususiy klinikasining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Shuningdek, tashrif davomida Saroy mahallasida aholi xonadonlarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va kasanachilikni yo‘lga qo‘yish orqali tashkil etilgan loyihalar bilan tanishildi hamda “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 56 nafar ishsiz, “daftar”larga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlarga subsidiya asosida turli asbob-uskuna va jihozlar topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2174

#Surxondaryo #xususiyklinika #asalarichilik #chorvachilik #kasanachilik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X