Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.3K photos
3.23K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Viloyat rahbari bugun Qiziriq, Bandixon va Sherobod tumanlarida ariq va kollektorlarni tozalash, atrofida tut va tol ko‘chatlari, qalamchalarini ekish hamda g‘alla parvarishi borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Yer maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, oqova suvlarining ortiqcha isrof bo‘lishini oldini olish uchun ham ariq va zovurlarni o‘z vaqtida tozalash muhimligi, bu tadbirlarni sifatli amalga oshirish lozimligi qayd etildi.

G‘alla parvarishi, o‘g‘itlash, sug‘orish, kasalliklarning oldini olish maqsadida suspenziya tadbirlarini muddatida va sifatli bajarish vazifalari topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1933

#Surxondaryo #qishloqxojaligi #kollektorlar #galla

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumanida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasi, xususan, g‘o‘za va g‘alla parvarishi tadbirlari hamda “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi xonadonlarida amalga oshirilayotgan ishlar, tomorqadan samarali foydalanish tajribasi bilan tanishdi.

Barafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2019

#Surxondaryo #qishloqxojaligi #Sayxunobodtajribasi #xonadonlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘lga qo‘yilayotgan loyihalar hamda irrigatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish tadbirlarining borishi bilan tanishish, topshiriqlar ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida bugun Jarqo‘rg‘on, Angor va Muzrabot tumanlariga tashrif buyurdi.

Xususan, yer maydonlarini tekislash, 100 gektarlik limonchilik issiqxonasi faoliyati, "Novshahar" va "R-1-V" kanallarini inshootlari bilan birga rekonstruksiya qilish loyihalarining borishi bilan tanishildi hamda mutasaddilarga yangi vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2312

#Surxondaryo #qishloqxojaligi #limochilik #yertekislash #irrigatsiya #betonlashtirish

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X