Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.2K photos
3.22K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hashar tadbirlarida ishtirok etish, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qiziriq, Bandixon va Muzrabot tumanlarida bo‘ldi.

Hashar doirasida Prezidentimiz huzurida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu hududlarni oqova suvi bilan ta’minlovchi “Sherobod mashina magistral” kanali bo‘yida besh qatorli qilib, tut, tol va terak ko‘chatlari ekish tadbirlariga start berildi.

Tadbirda 15 mingdan ortiq hasharchi ishtirok etmoqda, 500 ta texnika, jumladan, 40 ga yaqin ekskavator jalb qilindi. Hududlardagi yo‘llarni tekislash, kollektorlarni tozalash hamda daraxt, buta va gul ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, kanal bo‘ylab bo‘sh maydonlarda 20 mingdan ortiq tut, terak, jiyda va anor ko‘chatlari, 100 mingtaga yaqin tol va terak qalamchalari ekilmoqda.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog//1935

#Surxondaryo #hashar #kochatekish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov topshirig‘iga muvofiq Qumqo‘rg‘on tumanining sel-suv toshqinlaridan talofat ko‘rgan “Elobod”, “Yangishahar”, “Bog‘aro” va “Azlarsoy” mahallaridagi 61 ta ko‘cha shahar, tumanlar hamda korxona va tashkilotlarga biriktirildi. Hududlardan 10 mingga yaqin hasharchi, 200 dan ortiq yuk mashinalari, 100 ga yaqin maxsus transport vositalari, 50 ta motopompa vositalari jalb qilindi.

Hashar ishlari avvalida viloyat rahbari mutasaddilar, shahar va tumanlardan jalb qilingan ko‘ngillilar bilan uchrashib, aholi yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratish va talafot ko‘rgan hududlarni obod maskanga aylantirish bo‘yicha belgilab olingan chora-tadbirlar bilan tanishtirdi.

Bugunning o‘zida 130 dan ortiq xonadon loyqa suvlardan tozalandi, 12 km ichki yo‘llar toshlandi, 3 mingdan ortiq obyekt hamda 2,5 mingga yaqin suv hovuzlari dezinfeksiyalandi. Aholi qaromog‘idagi 100 dan ortiq chorva mollari xavfsiz hududlarga o‘tkazilib, veterinariya xizmati ko‘rsatildi. Tozalangan va tartibga keltirilgan ko‘chalar bo‘ylab, 1 mingdan ortiq, mavsumga mos daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazildi.

Ayni vaqtda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Milliy gvardiya boshqarmalari boshliqlari, shahar va tumanlar hokimlari rahbarligida biriktirilgan ko‘chalar bo‘ylab, tozalash-ta’mirlash, obodonlashtirish, ko‘chalarni tartibga keltirish va daraxt ko‘chatlari ekish ishlari davom etmoqda.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1945

#Surxondaryo #selsuvtoshqin #hashar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter