Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida bo‘lib, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o‘tkaziladigan kompleksga boruvchi yo‘llar qurilishi, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash ishlari hamda viloyat, shahar va tumanlar o‘tovlari, markaziy va qo‘shimcha sahnalar joylashuvi, transportlar to‘xtash joyi, mahalliy va xorijiy turistlarning kelib-ketishi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Tuman markazida xizmat ko‘rsatish sohasida, jumladan, umumiy ovqatlanish joylari hamda mehmonxonalar qurilishi, avtomobil yo‘llari va piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha puxta tayyorgarlik ko‘rish, xizmat ko‘rsatish sifatini belgilangan standart talablari darajasida bo‘lishini ta’minlash vazifasi topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1862

#Surxondaryo #Boysunbahori #xalqaro #festival

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Xayrobod garnizonlarida joylashgan harbiy qismlar, Termiz harbiy prokuraturasi, Muzrabot tumani hokimligi bilan hamkorlikda viloyat markazidan olis, chegaraoldi hududlarida joylashgan mahallada harbiy-Vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi.

Hududdagi 28-sonli maktabda tashkil etilgan festival doirasida Faxriy qorovul shaxsiy tarkibining harbiy chiqishlari, qurol-aslaha va harbiy texnikalar, xizmat itlarining ko‘rgazmali namoyishlari hamda yoshlar o‘rtasida turli sport musobaqalari va rasmlar chizish tanlovlari o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1883

#Surxondaryo #Vatanparvarlik #festival

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi - Fuqaro muhofazasi boshlig‘i Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida bo‘lib, “Pasurxi” va “Sho‘rsoy” mahallalarini bog‘lovchi markaziy yo‘lni ta’mirlash, mahallalardagi ichki tuproq yo‘llarni toshlash bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqlarining borishi bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, tumanning “Inkobod” mahallasida «Muqtadir ixtisos ta’mir» xususiy korxonasining umumiy qiymati 17,5 mlrd so‘mlik, 45 ta ish o‘rni yaratiladigan "Kemping" xizmatlari ko‘rsatuvchi turizm majmuasi qurilishiga start berildi.

Tumanga tashrif so‘ngida "Boysun bahori" xalqaro festivaliga tayyorgarlik jarayonlari va belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1884

#Surxondaryo #maxsustaktikmashq #kompleks #start #festival

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter