Davlatimiz rahbari tomonidan kuni-kecha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, hududlarda “Yashil makon”larni barpo etish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida “chiqindi poligoni”da o‘n qatorli daraxt ko‘chatlari ekish va “yashil belbog‘” yaratish ishlari bilan tanishildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ommaviy ko‘chat ekish tadbiriga start berildi. Mazkur tadbir viloyat bo‘yicha amalga oshirilayotgan bo‘lib, bugunning o‘zida 400 mingga yaqin tut va terak qalamchalari, 100 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Shuningdek, tashrif davomida ishlab chiqarish korxonasi faoliyati, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishildi hamda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1961
#Surxondaryo #Yashilmakon #yashilbelbog #kochatekish
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter