Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun viloyat hokimi rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” muhokamasi o‘tkazildi. Unda ijro intizomi, tashriflarda belgilab berilgan topshiriqlar va murojaatlar ijrosi, yangi yil bayramini ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish, arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekish masalalari muhokama qilindi.

Ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan hududlar va sohalar kesimida mas’ullarning axborotlari tinglanib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1752

#Surxondaryo #hokimliksoati #ijrointizomi #sarhisob

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
#sarhisob

Surxondaryoda 9 oyda yalpi hududiy mahsulot hajmi 38,7 trln so‘mga yetdi


📊 Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha joriy yilning 9 oyi davomida erishilgan natijalarga ko‘ra yalpi hududiy mahsulot hajmi 106,2 foizga o‘sib, 38,7 trln so‘mga yetdi.

Jumladan:
🛢 sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 9,8 trln so‘mni (108,8 foiz);
🍚 xizmatlar hajmi 19,6 trln so‘mni (110,2 foiz);
⛽️ qurilish ishlari hajmi 8,5 trln so‘mni (109,6 foiz);
🍉 qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 26,8 trln so‘mni (103,8 foiz) tashkil etdi.

📈 2024-yil yakunida yalpi hududiy mahsulot hajmi 48,4 trln so‘mga, o‘sish 106,1 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 111 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 104,8 foizga, qurilish-pudrat ishlari hajmini 108,5 foizga, xizmatlar hajmini so‘mga 117 foizga o‘sishini ta’minlash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

Surxondaryoda 64,1 foiz aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlandi

⛽️ Vohamizda joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida 190,1 km ichimlik suv tarmog‘i va 4 ta suv inshooti qurildi. Shuningdek, 96 mlrd so‘m mablag‘ evaziga 14 km ichimlik suvi va 4,7 km oqova suv tarmog‘i qurildi hamda rekonstruksiya qilindi. Sariosiyo tumanida 200 ming m³ ichimlik suv tozalash inshooti qurilishi to‘liq yakunlandi.

🚰Megaloyiha hisoblangan “To‘palang” suv omboridan viloyatning 11 ta hududiga ichimlik suvi tarmog'i qurish loyihasi doirasida Denov, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo va Sho‘rchi tumanlaridagi 141,9 ming nafar aholi toza suv bilan ta'minlandi.

📈 Yil yakuniga qadar qo‘shimcha 52,7 km ichimlik suv quvurlari va 28 ta nasos uskunalari profilaktik ko‘rikdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar natijasida viloyat aholisining markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasi 64,1 foizdan 64,7 foizga yetkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

🛢 Surxondaryoda 9 oyda 9,8 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi

🏗 Vohamizda sanoat korxonalarining tizimli ishlash natijasida joriy yilning 9 oyi davomida 9 trln 809 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilga nisbatan 108,8 foiz o‘sishga erishildi.

Ma’lumot uchun, 2024 yil 9 oylik yakunida respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi o‘sish ko‘rsatkichi 107 foizni tashkil etgan.

🤝 Shuningdek, joriy yilning yanvar-sentabr oyida hududiy investitsiya dasturi doirasida sanoat yo‘nalishida jami qiymati 145,5 mln dollarlik 147 ta loyiha ishga tushirilib, 1 432 ta ish o‘rni yaratildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

💰 2024-yilning III choragida surxondaryolik soliq to‘lovchilar 799,7 milliard so‘m soliq to‘lashdi

💳 Joriy yilning III choragida viloyatimiz soliq to‘lovchilari tomonidan 799,7 milliard so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 17,0 milliard so‘m ortig‘i bilan bajarildi.

Budjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy qismi 603,5 milliard so‘m yoki 75,5 foizi yuridik shaxslar, 196,1 milliard so‘m yoki 24,5 foizi jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.

💰 Soliq turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:

✔️263,2 milliard so‘mi jismoniy shaxslar daromad solig‘i;

✔️156,9 milliard so‘mi qo‘shilgan qiymat solig‘i;

✔️111,8 milliard so‘mi jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i;

✔️72,8 milliard so‘mi aksiz solig‘i;

✔️195,0 milliard so‘mini boshqa soliqlar va yig‘imlar tashkil etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

💰 Surxondaryoda 9 oyda 303 mlrd so‘mlik mahsulot mahalliylashtirilgan

🗃Viloyatimizda 2024 yil yanvar-sentabr oyida 32 ta korxona tomonidan 155,3 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 42 ta korxonada 303,1 mlrd so‘mlik (rejaga nisbatan 131 foiz) mahsulot ishlab chiqarilgan.

🔄 2024 yil yakunigacha 44 ta loyiha doirasida 253,6 mlrd so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

📶 Joriy yilning 9 oyi davomida viloyatga import qilingan tovarlar hajmi 108,1 mln dollarni tashkil etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

📈 Surxondaryoda kichik va yoshlar sanoat zonalarining rivojlanish ko‘rsatkichlari

🏗 Vohamizda 181,3 gektar maydonda joylashgan 53 ta sanoat zonasi doirasida 689,1 mlrd so‘mlik qiymatga ega 488 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, ularda 1 871 ta ish o‘rni yaratildi. Taqqoslash uchun, 2023-yilda 53 mlrd so‘mlik 36 ta loyiha ishga tushirilgan.

↔️ Jumladan:
📊 Kichik sanoat zonalarida:
Loyiha soni: 232 ta;
Umumiy loyiha qiymati: 391,5 mlrd so‘m.

📊 Yoshlar sanoat zonalarida:
Loyiha soni: 256 ta;
Umumiy loyiha qiymati: 297,6 mlrd so‘m.

🟠 Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan 2023-yilda yosh tadbirkorlar uchun Termiz shahridagi 2,1 gektar maydonda joylashgan “Tinchlik” yoshlar sanoat zonasida “sanoat ipotekasi” tamoyili asosida tayyor binolarni yosh tadbirkorlarga realizatsiya qilish tajribasi joriy etildi.

📊 Natijada “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida 47 ta lotlar tashkil etilib, tijorat banklari tomonidan bugunga qadar 39 ta loyihaga 44,4 mlrd so‘m kredit ajratildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

👥 Surxondaryoda maktabgacha ta'limning qamrov darajasi

🔼 Joriy yilning 9 oyi davomida jami 403 ta yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shundan, 10 ta davlat, 3 ta DXSh, 390 ta oilaviy bog‘chalar tashkil etildi. Bugungi kunda qamrov 62,7 foizdan 66,3 foizga yetkazildi.

💰 Viloyatda yil yakuniga qadar 11 ta yangi bog‘cha quriladi, 13 ta bog‘cha ta’mirdan chiqariladi, shuningdek, 231 ta oilaviy, 6 ta DXSh hamda 14 ta xususiy bog‘chalar tashkil etilishi natijasida 175 578 nafar tarbiyalanuvchilar qamrab olinib, qamrovni 67,8 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

Viloyatda jami 966 ta maktab mavjud bo‘lib, maktablarning moddiy texnik bazasini rivojlantirish hamda yangi o‘quvchi o‘rni yaratish maqsadida 2024-yil yakuniga qadar 3 ta yangi maktab quriladi va 48 tasini rekonstrksiya va 7 tasida mukammal qurilish-ta’mirlash ishlari bajariladi. Natijada 15 mingdan oshiq ta’lim-tarbiya oluvchi yoshlarimizga zamonaviy sharoitlar yaratiladi.

Bundan tashqari yil yakuniga qadar 58 ta maktab hamda 24 ta bog‘chani zamonaviy mebel va jihozlar bilan, 186 ta maktab 2 976 dona zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlanadi.

O‘tgan o‘quv yili yakuniga ko‘ra maktab bitiruvchilarining OTMga qamrovi 35,6 foizni tashkil etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
#sarhisob

👥 Yoshlar bandligini ta’minlash ijrosi qay ahvolda?

🔎 Surxondaryo viloyatida joriy yilning uch choragi davomida o‘tkazilgan xatlovlar natijasida 9 918 nafar doimiy ish bilan ta’minlanmagan ishsiz yoshlar aniqlanib, ularni turli yo‘nalish va tarmoqlar orqali bandligini ta’minlashga erishildi.

Xususan:
✔️1 728 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi.
✔️1 733 nafari kasb-hunarga o‘qitildi.
✔️826 nafariga subsidiya asosida mehnat qurollari berildi.
✔️1 290 nafariga tadbirkorlik uchun kredit ajratildi.
✔️4 126 nafar yoshlarga dehqonchilik faoliyatini olib borishlari uchun yer maydonlari ajratildi.
✔️215 nafar yoshning harbiy xizmatga yuborilishi orqali bandligi ta’minlandi.

🗺 Joriy yilda viloyatda migratsiyadan qaytgan, ishsiz va ehtiyojmand bo‘lgan yoshlarga dehqon xo‘jaligi bilan shug‘ullanishi uchun 6 000 gektar yer maydonlari ajratib berish orqali bandligini ta’minlash rejalashtirilgan. Buning uchun yer olish istagini bildirgan 10 ming nafar yoshlar ro‘yxati shakllantirildi. Mahalla "yettiligi" tomonidan ularning barchasiga dalolatnoma asosida ijobiy xulosa berildi.

📍Hozirga qadar 6 000 gektar yer maydoni "e-auksion.uz" elektron platformasi orqali savdoga chiqarilgan bo‘lib, 5 160 gektar (88 foiz) yer maydoni 9 258 nafar yoshlar tomonidan auksion savdolarida yutib olingan.

📈 Surxondaryo viloyatida yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ishsiz yoshlar soni kamaymoqda va ularning iqtisodiy faoliyatda ishtiroki oshmoqda. Bu jarayon davomida yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va ularni ish bilan ta’minlash maqsadida ko‘plab tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM