Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32.1K photos
3.19K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Viloyat rahbari Denov tumaniga tashrifi davomida “Denov vino aroq” AJda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini sog‘lomlashtirish borasida mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi. Mutasaddilarga bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tegishli vazifalar belgilab berildi.

Shundan so‘ng, “To‘palang” suv omboridan viloyatimizning 11 ta hududidagi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi megaloyiha doirasida qurilayotgan 20 ming kub metrlik suv saqlash va tozalash inshooti qurilishi bilan tanishildi.

Tashrif yakunida “Qo‘zichoqli yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi”da olib borilayotgan ishlar, tijorat banklari tomonidan tashabbuskorlarga kredit mablag‘lari ajratish, loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi. Tijorat banklari va mutasaddilarga loyihalarni muddatida ishga tushirish uchun zarur choralarni ko‘rish topshirildi.

#Surxondaryo #korxonalar #sanoatzonasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda yoshlar bilan ishlash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratish, yoshlar sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda taqdimotlar bilan tanishish maqsadida Denov tumaniga tashrif buyurdi.

Xususan, Qizilsuv daryosi o‘zanini tozalash, qirg‘oqlarini mustahkamlash, yoshlar sayilgohi tashkil etish ishlarining borishi, shuningdek, Yoshlar tadbirkorlik va sanoat zonasi hamda “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining Denov tumanidagi Ko‘zichoqli hududida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan ham tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2131

#Surxondaryo #yoshlarsayilgohi #sanoatzonasi #EIZ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimining hududlarga tashrifi Boysun tumanida davom etdi. Viloyat rahbari kosmetika va dori mahsulotlari ishlab chiqarish hamda qurilish materiallariga ixtisoslashtirilgan sanoat zonasini tashkil etish loyihalari bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2139

#Surxondaryo #loyihalar #kosmetika #dorivositalari #sanoatzonasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X