Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.2K photos
3.22K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlari asosida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan 75 ta mahallada “Navro‘z” bayrami sayllari tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, videokonfrensaloqa shaklida faollar bilan muloqot qildi. Tadbir ishtirokchilari hamda vohamiz ahlini Muborak Ramazon oyi hamda “Navro‘z” umumxalq bayrami bilan tabrikladi.

Shuningdek, Termiz shahridagi mahallalarning birida o‘tkazilayotgan bayram sayllarida ishtirok etgan viloyat rahbari, nuroniylar, faollar hamda mahalla ahli bilan suhbatlashdi. Doshqozonda qaynayotgan sumalak atrofida yurtimiz tinchligi, sharqona yangi yilimizning barakali kelishini so‘rab duoga qo‘l ochildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1941

#Surxondaryo #obodxonadon #obodkocha #obodmahalla #sayllar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💐 Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!

Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida bo‘lib o‘tgan viloyatning asosiy bayram sayllari konsert dasturini to‘liq formatda quyidagi havola orqali tomosha qiling:

📹 https://t.iss.one/Ishonch_TV_rasmiy/3168

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: "Mahalla "yettiligi" tajribasi sabab bugun 75 ta mahalla obod maskanga aylandi"

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Rasmiy bayonot: Qumqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan sel-suv toshqin oqibatlari bartaraf etilmoqda

Kecha, 21-mart kuni taxminan soat 19:10 lar atrofida Qumqo‘rg‘on tumani hududidagi qir-adirliklarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida yig‘ilgan yomg‘ir suvlari Arnali soy orqali “Elobod” mahallasiga kirib kelgan. Ko‘p miqdordagi yomg‘ir suvlari mahalla hududidagi ichki suv tarmoqlariga sig‘masdan, hududdagi 2 ta ichki ko‘chalarda joylashgan 47 ta xonadonning hovli va tomorqalariga, ayrim turar-joylar ichkarisiga kirgan.

Shuningdek, kuchli yomg‘ir suvlari “Azlarsoy” soyidan toshib, soy quyisida joylashgan “Azlarsoy” mahallasi hududidagi 5 ta ichki ko‘chalarda joylashgan 56 ta xonadonning hovli va tomorqalariga, ayrim turar-joylarga suv kirgan.

Toshqin oqibatlarini bartaraf etish va aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, “Azlarsoy” mahallasidagi 56 ta xonadondan 210 nafar va "Elobod" mahallasidagi 32 ta xonadondan 150 nafar aholi xavfsiz hududda joylashgan yaqin qarindoshlarining uylariga vaqtincha ko‘chirildi. Tuman markazidagi “Yangi shahar” mahallasida joylashgan 2 ta 4 qavatli uylarning yerto‘lasiga yig‘ilgan toshqin suvlari yong‘in-qutqaruv texnikalari va motopompalar yordamida chiqarib tashlandi.

Qumqo‘rg‘on tumani “Elobod” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 “Almata-Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lining 1535-1536 km oralig‘ida transport vositalari va yo‘lovchilar xavfsiziligini ta’minlash maqsadida, vaqtinchalik harakat cheklanib, suv toshqinlari tugaganidan so‘ng, yo‘lga yig‘ilgan loyqalar maxsus texnikalar yordamida tozalanib, soat 21:00 da ikki tomonlama transport qatnovi to‘liq tiklandi.

Ushbu hududda sodir bo‘lgan toshqin suvlari Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli UKga qarashli, “Qumqo‘rg‘on–Elbayon” peregoni PK 8-9 temir yo‘l ostidan o‘tgan suv quvuriga sig‘maganligi natijasida, temir yo‘lning taxminan 0,4 km qismidan toshib o‘tib, shag‘al qoplamasini qisman yuvgan. Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzuli UKning 200 nafar ishchi-xizmatchilari, avariya tiklash poezdi, 2 ta avtoyuklagich, 1 ta ekskvator yordamida, 28 ta vagonlarda olib kelingan shag‘al temir yo‘lning zarar ko‘rgan uchastkasiga yotqizilib, ta’mirlash va tiklash ishlari bajarildi hamda bugun, 22-mart kuni soat 07:00 da temir yo‘l harakati to‘liq tiklandi.

Ayni vaqtda “Elobod” mahallasi ichki ko‘chalari, yo‘llar va boshqa joylarni loyqadan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Tezkor tadbirlarga 462 nafar xodim, 7 ta texnika, 11 ta motopompa, 24 ta muxandislik texnikalari jalb qilingan.

Yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

Holat shaxsan viloyat hokimining nazoratiga olingan bo‘lib, kechaning o‘zida hodisa joyiga viloyat hokimining o‘rinbosarlari, FVV vakili, FVB, IIB, MGB boshliqlari, tuman hokimligi, sektor rahbarlari, korxona va tashkilot mutasaddilari yetib borishgan hamda toshqinga qarshi viloyat tezkor shtabi tuzilgan. Hozirda tezkor shtab tomonidan hodisa oqibatlarini o‘rganish, yetkazilgan talofatlarni bartaraf etish, aholiga ko‘mak berish choralari ko'rilmoqda. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat rahbariga axborot berib borilmoqda.

Bundan tashqari, viloyatning Sho‘rchi, Sherobod va Bandixon tumanlarining ayrim mahallalarida ham ko‘p miqdorda yomg‘ir yog‘ish hodisalari sodir bo‘lgan bo‘lib, yomg‘ir suvlari hududlardan oqib o‘tuvchi sel yo‘llari orqali xavfsiz oqib o‘tgan. Ushbu hududlardan talofatlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
💐 Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik mahalla tizimi xodimlari!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 22-mart – "Mahalla tizimi xodimlari kuni" munosabati bilan bir guruh soha fidoyilarini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. Mukofotlanganlar orasida quyidagi surxondaryoliklar ham bor.

🏅«Do‘stlik» ordeni bilan:
▫️Mengnorova Gulbaxor Temirovna - Angor tumani obodonlashtirish boshqarmasi uchastka ustasi

🏅«Shuhrat» medali bilan:
▫️Ilmurodova Nargiza Esanovna - Termiz tumanidagi «Jo‘yjangal» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

▫️Turdiyev Akram Abdimuratovich - Oltinsoy tumanidagi «Mingchinor» mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Teatr tomoshalari haftaligiga marhamat

Aziz vohadoshlar, farzandlaringizning ta’til kunlarini maroqli o‘tkazish, bir olam quvonch ulashish maqsadida Surxondaryo viloyati Qo‘g‘irchoq teatri jamoasi sizlar uchun, joriy yil 21-27-mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi”ni o‘tkazmoqda.

Har kuni soat 11:00 va 14:00 da tashkil etiladigan seanslarda farzandlaringiz uchun turli yo‘nalishdagi spektakllar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar namoyish etiladi. Shuningdek, haftalik davomida teatr fayesida qo‘g‘irchoqlar, teatr dekoratsiyalari hamda rassomlar ko‘rgazmalari ham o‘tkaziladi.

Eng muhimi, haftalik davomida teatr tomoshalari mutlaqo BEPUL.

Teatr jamoasi unutilmas lahzalarga boy, juda qiziqarli va maroqli ushbu tomoshalarga barchani taklif etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun 22-mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni” munosabati bilan viloyat hokimligida mahalla tizimida faoliyat yuritayogan fidoyi, o‘z kasbining chinakam mehnatkashlari, ilg‘orlari bo‘lgan vohaliklar ishtirokida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, mahalla tizimi xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan muborakbod etdi. Prezidentimizning tegishli Farmoniga asosan davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan surxondaryolik 3 nafar mahalla tizimi xodimlariga medall va ordenlar hamda 15 nafariga "Mahalla iftixori" ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1943

#Surxondaryo #mahallaxodimlari #medal #orden #kokraknishonlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Biz kimmiz, kimning avlodlarimiz

Buyuk ajdodlarimiz, jadid bobolarimiz xotirasiga bag‘ishlangan rolik.

Rollar Termiz shahridagi 26-sonli maktabning 10-11-sinf o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan. O‘quvchilar ushbu maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Yulduz Hikmatullayeva tomonidan tayyorlangan.

Ajdodlar ta’limoti hikmat va ibratdir!

Rolik viloyat hokimining joriy yil 7-martda 26-sonli maktabga tashrifida berilgan tavsiyalar asosida drama teatrida "Surxondaryo" teleradiokanali tomonidan tasvirga olingan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlarida tashkil etilgan eksport logistika markazlari faoliyati bilan tanishdi. Eksportyor korxonalar va tadbirkorlar bilan muloqot qilindi.

Mutasaddilarga transport, logistika, karantin, bojxona va boshqa masalalardagi muammolarni tezkor hal etish, pishib yetilgan mahsulotlarning o‘z vaqtida eksport qilinishi, uning narx navosining dehqonlar mehnatiga munosibligiga e’tibor qaratish vazifasi topshirildi.

Muzrabot tumanida ayni vaqtda eksport uchun 10 ming tonna piyozga ehtiyoj mavjud bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarni quyidagi manzillarda joylashgan eksport logistika markazlarida sotishlari, eksportga yo‘naltirishlari mumkin:

📍 Muzrabot tumani "At-Termiziy" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Angor tumani "Bahor" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Jarqo‘rg‘on tumani "Avlod" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Qumqo‘rg‘on tumani "Uyas" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Denov tumani "Chambil" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Sariosiyo tumanining Tojikiston davlati bilan chegara hududi. Joylashuv lokatsiyasi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1944

#Surxondaryo #eksport #logistikamarkaz

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter