Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.3K photos
3.22K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kuni-kecha sel-suv toshqinlari sodir bo‘lgan Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Elobod” va “Azlarsoy” mahallalarida bo‘ldi. Toshqinga qarshi viloyat tezkor shtabi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ayni vaqtda hududda birinchi navbatda aholiga moddiy, ma’naviy, tibbiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatish, sel-suv toshqinlaridan keyingi talofatlarni tezkor bartaraf etish, yo‘llar, ko‘chalar, xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarini loyqalardan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat rahbari hududlarni ko‘zdan kechirib, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Milliy gvardiya boshqarmalari boshliqlari va tuman sektor rahbarlari hamda boshqa aloqador mutasaddilarga aholining talab va takliflarini inobatga olgan holda ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlariga kelgusida sel-suv toshqinlarining oldini olish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish vazifasi topshirildi.

Ayni vaqtda FVqDT xizmatlari tomonidan sel-suv toshqinlari sodir bo‘lgan mahallalarda tozalash, ta’mirlash va tartibga keltirish ishlari davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: "Mahallalarni toshqindan avvalgi holatidan ham yaxshi, infratuzilmasi rivojlangan manzillarga aylantiramiz!"

Viloyat rahbari Qumqo‘rg‘on tumanida kuni-kecha sel-suv toshqinlari sodir bo‘lgan mahallalarda bo‘lib, tozalash, ta’mirlash ishlarini qadamma-qadam belgilab berdi. Talofat ko‘rgan mahallalar ko‘chalari tumanlarga bo‘lib berilib, ertadan qo‘shimcha kuch va vositalarni jalb qilgan holda ishlarni jadallashtirish hamda infratuzilmani yaxshilash vazifasi topshirildi.

Shuningdek, mutasaddilarga kelgusida sel-suv toshqinlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ko‘rsatib berildi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: "Biz kattalar xatosi sabab yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan tug‘ilgan nogiron bolalar bir umr qiynalib yashashga mahkum bo‘lishmoqda!"

Surxondaryo viloyati hokimi Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun "Muruvvat" internat uyi faoliyati bilan tanishuvi davomida yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni keskin qoraladi.

"ertaga ulardan nogiron farzandlar tug‘ilishining oldini olish uchun ham jamiyat yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga keskin qarshi turishi lozim", - dedi viloyat rahbari.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | Prezident topshirig‘i – amalda:
Mahsulotlar oltita yangi markaz orqali xorijga jo‘natiladi


Joriy yilda Surxondaryo viloyatidan xorijga 230 million dollarlik sanoat va 270 million dollar qiymatidagi meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinadi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/582027

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov topshirig‘iga muvofiq Qumqo‘rg‘on tumanining sel-suv toshqinlaridan talofat ko‘rgan “Elobod”, “Yangishahar”, “Bog‘aro” va “Azlarsoy” mahallaridagi 61 ta ko‘cha shahar, tumanlar hamda korxona va tashkilotlarga biriktirildi. Hududlardan 10 mingga yaqin hasharchi, 200 dan ortiq yuk mashinalari, 100 ga yaqin maxsus transport vositalari, 50 ta motopompa vositalari jalb qilindi.

Hashar ishlari avvalida viloyat rahbari mutasaddilar, shahar va tumanlardan jalb qilingan ko‘ngillilar bilan uchrashib, aholi yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratish va talafot ko‘rgan hududlarni obod maskanga aylantirish bo‘yicha belgilab olingan chora-tadbirlar bilan tanishtirdi.

Bugunning o‘zida 130 dan ortiq xonadon loyqa suvlardan tozalandi, 12 km ichki yo‘llar toshlandi, 3 mingdan ortiq obyekt hamda 2,5 mingga yaqin suv hovuzlari dezinfeksiyalandi. Aholi qaromog‘idagi 100 dan ortiq chorva mollari xavfsiz hududlarga o‘tkazilib, veterinariya xizmati ko‘rsatildi. Tozalangan va tartibga keltirilgan ko‘chalar bo‘ylab, 1 mingdan ortiq, mavsumga mos daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazildi.

Ayni vaqtda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Milliy gvardiya boshqarmalari boshliqlari, shahar va tumanlar hokimlari rahbarligida biriktirilgan ko‘chalar bo‘ylab, tozalash-ta’mirlash, obodonlashtirish, ko‘chalarni tartibga keltirish va daraxt ko‘chatlari ekish ishlari davom etmoqda.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1945

#Surxondaryo #selsuvtoshqin #hashar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter