Surxondaryo viloyati hokimligi
24.5K subscribers
32.2K photos
3.2K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish, og‘ir toifadagi 4 ta mahallada amalga oshiriladigan ishlar, ishlab chiqarish korxonasi va xususiy oliy ta’lim muassasasi faoliyati, “Alpomish kurash majmuasi”ning qurilishi, xorijiy investitsiya o‘zlashtirish, eksportni oshirish va yirik loyihalarni ishga tushirish hamda “IT Park” uchun tanlab olingan bo‘sh binolar taqdimoti bilan tanishildi. Shuningdek, “Indenim” savdo majmuasida yaratilgan sharoitlar, mahsulotlar narxlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1775

#Surxondaryo #mahalla #institut #kurashmajmua #ITPark

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida bo‘lib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, Denov pedagogika kolleji, mahalla “yettiligi”, poliklinika, bog‘cha va Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining yangi o‘quv binosi, muzey va “IT” markaz faoliyati bilan tanishildi. Joriy yildagi rejalar hamda yangi loyihalar taqdimot qilindi.

Viloyat rahbari sanoat va eksportyor korxonalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazib, ularning mavjud muammolarini tingladi. Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni hal etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab berildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1780

#Surxondaryo #tanishuv #taqdimot #loyihalar #institut #tadbirkorlar #eksportyorlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi rahbarligida jurnalist va blogerlar hamda faollar tomonidan ko‘tarilayotgan murojaatlar, muammoli masalalarning hal etilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Masalalar ijrochilar kesimida tahlil qilinib, ularni hal etish bo‘yicha aniq muddatlar bilan vazifalar yuklandi.

Termiz muhandislik-texnologiya instituti ta’lim jarayonlarining tashkil etilishi, yaratilgan sharoitlar hamda vohamizdagi geologik izlanishlar, mavjud salohiyatlar yuzasidan ishlab chiqilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.

Shuningdek, institut binosida Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zolari va oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan “Ma’naviyat sektori” faoliyatini tashkil etish, targ‘ibot ishlarining borishi muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1886

#Surxondaryo #murojaatlar #institut #Manaviyatsektor

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter