Termiz shahridagi “Grand Almaz” tantanalar saroyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan viloyatning asosiy bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, jamiyatimiz gultojlarini bahorning ilk ayyomi – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabrikladi.
Marosimda 17 nafar xotin-qizlar “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni hamda ibratli hayoti va turli sohalardagi fidokorona mehnati uchun bir guruh fidoyi xotin-qizlar viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, joriy yilda boquvchisini yo‘qotgan, uy-joyga muhtoj 300 nafar ayollarga yangi uy-joylar berilishi ta’kidlandi, ularning dastlabki 10 nafariga turar-joylar sertifikatlari topshirildi.
Bayram tadbirida poytaxtdan tashrif buyurgan hamda vohamizning taniqli san’atkorlarining kuy-qo‘shiqlari hamda badiiy jamoalarning bayramona chiqishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1917
#Surxondaryo #8mart #bayram
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter