Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish orqali aholi bandligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirish hamda boshqa tarmoqlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Tumanda qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, mahalla “yettiligi” faoliyati, sektor rahbarlarining joriy yilda xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksportni oshirish, yirik loyihalarni ishga tushirish yuzasidan taqdimoti, ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi loyihasi hamda “IT” markazi va Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1770

#Surxondaryo #tibbiyot #mahalla #loyiha #yettilik #kutubxona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: Prezidentimiz belgilab bergan topshiriqlarni muddatida va sifatli bajarsak, hududlarimiz rivojlanadi, aholi salomatligi va turmush farovonligi ortadi. Buning uchun biz mutasaddilar mas’ulmiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar bilan manzilli ishlash, aholi salomatligini asrash hamda “Ma’naviyat sektori” faoliyatini samarali tashkil etish, topshiriqlar va murojaatlar ijrosi hamda ijro intizomi muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida Prezidentimizning viloyatimizga tashrifida belgilab berilgan topshiriqlar hamda hududlarda faollar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar ijrosi hudud va tarmoqlar kesimida tahlil qilindi. Shuningdek, AYOQShlarda avtobenzinning markasini qimmatiga almashtirib sotish holatlari aniqlanganligi tanqib qilinib, tegishli choralar ko‘rish topshirig‘i berildi va savdoga chiqarilayotgan avtobenzinlar hajmi hamda markalari to‘g‘risida aholini xabardor qilib borish vazifasi qo‘yildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1771

#Surxondaryo #yoshlar #tibbiyot #Manaviyatsektor

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi. Hududiy studiyalar orqali 33 nafar tadbirkorning olingan kredit muddatini uzaytirish, soliq, subsidiya, undiruv, kadastr va yer maydonlari bilan bog‘liq turli masalalardagi 37 ta murojaati tinglandi.

Qabul davomida murojaatlarning 6 tasi ijobiy hal etildi va ijrosi qo‘shimcha o‘rganish hamda muddat talab qiladigan 31 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1772

#Surxondaryo #tadbirkorlar #murojaat

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat hokimi huzurida 2024-yilda qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar taqdimoti o‘tkazildi. Unda joriy yilda belgilab olingan rejalar, yangi loyihalar va qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solgan holda tarmoqlarni rivojlantirish masalalarida axborot berildi.

Sohada o‘z yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, istiqboldagi vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1773

#Surxondaryo #qurilish #taqdimot #rejalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yirik yo‘l qurilishi loyihasi: Boysun-Denov yo‘nalishida avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish bo‘yicha yirik loyiha amalga oshirilmoqda.

📹 Video SD formatda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati mahallalarni qo‘llab-quvvatlash kengashining tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, sohada yo‘lga qo‘yilayotgan yangi uyushma, uning vakolat va vazifalar hamda mahallalar tizimida kutilayotgan o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Yakunda Kengash a’zolarining ma’ruzalari tinglanib, Uyushmaning ta’sis konfrensiyasida Surxondaryo viloyati nomidan ishtirok etadigan delegatlar saylab olindi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1774

#Surxondaryo #mahalla #konfrensiya #delegatlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter