Shahar va tumanlar kesimida sohalar bo‘yicha kunlik ko‘rsatkichlar bajarilishi tahlili yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir tarmoqda amalga oshirilgan ishlar natijalari jamlanib, mas’ullar faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlanib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan navbatdagi “Hokimlik soati”da ushbu ko‘rsatkichlarning aprel oyidagi ijrosi muhokama qilindi. Tahlillarga ko‘ra oy davomida samarali faoliyat yuritgan mutasaddilarni rag‘batlantirish, “qizil” toifaga tushgan, oy davomida yomon ko‘rsatkichlarni muntazzam qayd etgan mas’ullarga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish topshirildi.
Shuningdek, 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlar rahbarlariga qabriston va ziyoratgohlarni obodonlashtirish, nogironligi bo‘lgan, uyda yotib qolgan keksalar hamda ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
#Surxondaryo #Hokimliksoati #tahlil #9may
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X