Prezidentimizning “Farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida talab yuqori bo‘lgan dori-darmonlarni mahalliylashtirish, sohada yangi loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish orqali aholini sifatli va arzon dori-darmonlar hamda tibbiy vositalar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Hududlarda farmatsevtika sohasidagi investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida ishga tushirish ishlarini loyihabay kesimda tashkil etish, yaratilayotgan imkoniyatlarni tadbirkorlar o‘rtasida targ‘ib qilish, kam quvvatda ishlayotgan korxonalarga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mutasaddilarga qator vazifalar topshirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1826
#Surxondaryo #farmatsevtika #muhokama
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter