Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi” bayrami munosabati bilan imzolagan tegishli Farmoniga asosan 17 nafar surxondaryolik shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilib, yashash manzillariga qaytgandi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov afv etilganlarni qabul qildi. Ularni ijtimoiy moslashtirish, moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, salomatliklarini tiklash, ishga joylashtirish va shu kabi boshqa hayotiy masalalarda amaliy yordam berish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Prezident #Qosimov #avf #ijtimoiyhimoya

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter