Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.3K photos
3.22K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Fotogaleriya | Surxondaryoliklar Yangi yil bayramini ko‘tarinki kayfiyat va shodu-xurramlik bilan kutib olishmoqda

Viloyatning asosiy bayram archasi o‘rnatilgan “San’at saroyi” majmuasi maydoni har kuni bolajonlarning sevimli maskani, vohadoshlarimizning maroqli hordiq oladigan joyiga aylandi.

Barchani bayram tadbiri tomoshalariga taklif etamiz.

#Surxondaryo #Yangiyil #bayramarchasi #Sanatsaroyi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida “Prezident archasi” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bolajonlarni yurtboshimiz nomidan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga “Prezident sovg‘asi”ni tantanali topshirdi.

Viloyatimiz hududlari bo‘ylab davom etayotgan bayram tadbirlarida 624 nafar 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, Vatan sarhadlarini himoya qilishda jonini fido qilgan yurtdoshlarimiz hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalarning farzandlariga “Prezident sovg‘asi”ni topshirish bayram tadbirlari davom etmoqda.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1763

#Surxondaryo #Prezidentarchasi #Prezidentsovgasi #Yangiyil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Termiz shahrida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi faoliyati o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Yashil dunyo” markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan savdo yarmarkasi faoliyati bilan tanishdi. Yangi yil bayrami oldidan aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, dasturxonlar to‘kin-sochinligi uchun narx-navolarning arzon bo‘lishini qat’iy nazoratga olinganligiga e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga bayram dasturxonlari uchun zarur mahsulotlarning uzluksiz sotilishini ta’minlash vazifasi topshirildi.

#Surxondaryo #Yarmarka #yangiyil #yashildunyo

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter